18:14 / 27.01.2017
40902

Turkiyalik darvozabon futbol tarixidagi eng kulgili avtogollardan biriga mualliflik qildi

Turkiyaning «G‘oziyontep» jamoasi darvozaboni raqib futbolchisi tomonidan tepilgan penalti ushlab olgach, sheriklari bilan bu vaziyatni nishonlash jarayonida to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi.

Natijada ikki futbolchi futbol tarixidagi eng kulguli avtogollardan birining muallifiga aylanib qolishdi.

Joylashtirilgan videodan ko‘rinib turibdiki, darvozabon to‘pni egallab olgach, jamoa himoyachisi Yunus Emre Yilmaz xursandchilikdan uni quchib olishga harakat qiladi va kutilmaganda uning to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborishiga sababchi bo‘lib qoladi.

Mavzuga oid
Top