Prezidentning «Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş tizimini isloh qiliş va bozor mexanizmlarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş sohasidagi funksiyalarni ixtisoslaştiriş, faoliyatning moliyaviy şaffofligini taʼminlaş va bozor mexanizmlarini joriy etiş maqsadida «Hududgaztaʼminot» AJ taʼsisçiligida LPG-Trade MÇJ taşkil etiladi.

Islohotlar doirasida aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beriş ustuvor vazifa sifatida belgilanadi.

Şuningdek, respublika korxonalarida işlab çiqariladigan va import qilinadigan suyultirilgan gaz, korxonalarning öz şoxobçalarida sotiladigan hajmlar bundan mustasno, faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beruvçi korxonalar esa mahsulotni birja savdolaridan yoki import orqali töğridan töğri xarid qiliş imkoniga ega böladi.

Aholi ehtiyojlari uçun suyultirilgan gaz taʼminoti tizimiga xususiy sektor ham bosqiçma-bosqiç jalb qilinadi. Bu orqali sohada raqobat muhitini şakllantiriş közda tutilgan.

Şu bilan birga, suyultirilgan gaz taʼminotidagi kross-subsidiyalaş amaliyoti bosqiçma-bosqiç bekor qilinadi.

Islohotlarni amalga oşiriş jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlat tomonidan moddiy jihatdan qöllab-quvvatlanadi.

Mazkur çoralar aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlaş tizimining barqarorligini oşirişga qaratilgan.