Atoqli adibimiz Anvar Obidjon özining muborak 70 yilligini keng jamoatçilik iştirokida turli adabiy keçalarda qarşi oldi.

27 yanvar kuni “Dono Naşriyoti” muassisligida çop etiladigan bolalar jurnallari - “Bilimdon”, “Dono Word”, “Znayka”, “Excellent” bilan tahririyat kengaşi a'zosi sifatida uzoq yillar davomida samarali hamkorlik qilib kelayotgan Özbekiston xalq şoiri Anvar Obidjon tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mazkur naşriyot tomonidan ham ma'naviy-ma'rifiy tadbir taşkil etildi. Bu haqda Kun.uz'ga naşriyot vakillari xabar berdi.

Anjumanda “Dono Naşriyoti” tahririyat kengaşi a'zolari Özbekiston xalq yozuvçisi Xudoyberdi Töxtaboyev, bolalar şoirasi Kavsar Turdiyeva, şuningdek, poytaxtimizdagi 90-umumta'lim maktabining öquvçilari, pedagogik jamoasi iştirok etişdi. Ijodiy uçraşuv qiziqarli savol-javoblarga boy tarzda ötdi. Unda şoir özining hayoti va ijodi bilan boğliq yorqin xotiralar hamda bolalik yillarini ham yodga oldi. 

Tadbirda Anvar Obidjonga taşkilotçilarning esdalik sovğalari topşirildi.