Bu haqda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lumot uçun, Anvar Obidjon 1947 yil 25 yanvarda Farğona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qişloğida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Qator naşrlarda, jumladan «Çölpon» naşriyotida boş muharrir, Özbekiston televideniyesida muharrir sifatida faoliyat yuritgan.
Anvar Obidjon özbek bolalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Undan bolalar uçun möljallangan önlab şe'riy va nasriy asarlar, qissa va dostonlar qoldi. «Ona yer, «Bahromning hikoyalari», «Olovjon va uning döstlari», «Ey, yoruğ dunyo», «Bezgakşamol», «Alamazon va Gulmat», «Masxaraboz bola», «Juda qiziq voqea», «Yerliklar», «Oltin yurakli avtobola», «Dahşatli Meşpolvon» kabi şe'riy va nasriy asarlar, «Qönğiroqli yolğonçi», «Topsang hay-hay», «Qorinbotir», «Tötiqul» kabi pesalar şular jumlasidan.
Adib 1997 yilda «Şuhrat» medali, 1998 yilda Özbekiston xalq şoiri unvoni, 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlangan.
Kun.uz tahririyati marhumning yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor qiladi.












