Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilida o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi
Chili markaziy tumanlaridagi kuchli o‘rmon yong‘inlari oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 11 kishiga yetdi. Bu haqda juma kuni mahalliy hukumat xabar bergan.
Avvalroq to‘qqiz inson halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqagandi. Analitica portalining aniqlik kiritishicha, yong‘in oqibatida milliy o‘rmon korporatsiyasining uch nafar xodimi, ikkita o‘t o‘chiruvchi, 2ta karabiner va to‘rt nafar mahalliy aholi vakili ham qurbon bo‘lgan.
Korporatsiya ma'lumotiga ko‘ra, Chilida ayni kunlarda 119ta yong‘in o‘chog‘i qayd etilgan, zarar ko‘rgan o‘rmonlar umumiy maydoni esa 360 ming gektarga teng. Hukumatning xabar berishicha, mamlakatda so‘nggi soatlarda olov tarqalishiga aloqador bo‘lgan besh nafar shaxs qo‘lga olindi. Ularga qo‘yilgan ayblovlar haqida batafsil ma'lumot berilmagan.
Meksika va Argentina o‘t o‘chiruvchilari chililik hamkasblariga yordamga yetib kelgan. Yaqin orada ular safiga Portugaliya, Fransiya, Peru, Braziliya, Ispaniya o‘t o‘chirish xizmati xodimlari qo‘shiladi. Shuningdek, Rossiya Il-76 yong‘inga qarshi samolyoti bilan ham olovni o‘chirishda qatnashishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026