Yanvar oyi oxirida Aviator savdo markazida yirik yonğin yuz bergan hamda hodisadan söng vayronalar ostidan 2 yoş-u 7 oylik qizçaning jasadi topilgan. Holat yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi JIB Yangihayot tuman sudida körib çiqilmoqda. Kun.uz jurnalisti 28 iyulda ötkazilgan sud majlisida qatnaşdi. Unda guvohlarning körsatmalari tinglandi.

JIB Yangihayot tuman sudida Aviator savdo markazidagi yonğin yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi birinçi instansiyada körib çiqilmoqda. Kun.uz jurnalisti sud majlisida qatnaşdi.

Kimlar sudlanmoqda?

Aviator’dagi yirik yonğin böyiça 4 kişi – bino egasi, binoga egalik qiluvçi MÇJ rahbari, binodan ijaraga joy olib, bolalar maydonçasi taşkil qilgan MÇJ ta’sisçisi va norasmiy rahbari sudlanmoqda. Ularning 3 nafariga qamoq, biriga esa garov ehtiyot çorasi qöllangan.

Sudlanuvçilar nodavlat tijorat taşkilotida yoki boşqa nodavlat taşkilotida mansabdor şaxslar tomonidan öz vakolatlarini suiiste’mol qiliş (JK 192-11-moddasi 2-qismi “a” bandi), hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallaş, nobud qiliş, ularga şikast yetkaziş yoki ularni yaşiriş (JK 227-moddasi 2-qismi “a” bandi), yonğin xavfsizligi qoidalarini buziş (JK 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari) jinoyatlarida ayblanmoqda.

Iş böyiça 10 kişi jabrlanuvçi bölib ötgan.

“Yaxşi ulanmagan simlar qiziydi” – ekspert

Sud majlisida iştirok etgan ekspert öz körsatmasida voqea joyidan olingan va ekspertizaga taqdim qilingan elektr simlarida “skrutka”, ya’ni simlarni burab ulaş holatlari aniqlanganini aytdi.

“Ekspertizaga taqdim qilingan materiallarda, ya’ni öşa simlarda, özimizning tilda “skrutka” deymiz, şunday ulanişlar bölgan. Kontakt yaxşi bölmasa, simlar qizişni boşlaydi va şu sababli yonğin çiqişi mumkin”, dedi u.

Ayblov xulosasida keltirilgan ekspertiza xulosasida ham elektr simlarining burab ulangan joylari va ulardagi kontaktlar sust bölgani qayd etilgan. Xulosada yonğin elektr kabellaridagi qisqa tutaşuv yoki yuqori ötuvçi qarşilik kabi avariya holatlari oqibatida kelib çiqqan bölişi mumkinligi körsatilgan. Biroq ekspertlar yonğinning kelib çiqiş sababiga qat’iy javob beriş imkoni bölmaganini ham qayd etgan.