Fransiya va Ispaniya qutqaruv xizmatlari Yevropaning janubi-ğarbida kuzatilayotgan yangi issiq havo tölqini fonida sönggi ön yilliklardagi eng vayronkor örmon yonğinlariga qarşi kuraşni davom ettirmoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 27 iyul kuni mamlakat janubi-ğarbidagi yonğinlar asosan jilovlanganini ma’lum qildi. Biroq Bordo şahri yaqinidagi ayrim hududlarda olovni nazoratga oliş hali ham murakkab bölib qolmoqda.
Makron favqulodda vaziyatlarga javob beriş xizmatlarining inqirozga qarşi markaziga taşrif buyurdi. AFP agentligi keltirgan ma’lumotga köra, prezident oldindagi haftalar oğir keçişidan ogohlantirgan.
Uning ta’kidlaşiça, Fransiyada hozir kuzatilayotgan örmon yonğinlari Ikkinçi jahon uruşi tugaganidan buyon eng kuçlisi hisoblanadi.
42 ming gektar hudud yonğindan zarar kördi
Bordo va Atlantika okeani sohili oraliğidagi hududlarda 22 iyuldan buyon yonğinlar qariyb 42 ming gektar maydonni qamrab olgan.
27 iyul kuni ham olov tarqalişda davom etgan. Xavfli hududlardan 220 ming kişi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan.
Umuman, joriy yil boşidan buyon Fransiya böylab örmon yonğinlari 116 ming gektar maydonni yöq qilgani aytilmoqda.
Fransiyada ilk bor «olovli bulutlar» qayd etildi
AFP ma’lumotlariga köra, Fransiya janubi-ğarbida mamlakat tarixida ilk bor momaqaldiroqli «olovli bulutlar» - pirokumulonimbuslar qayd etilgan.
Bunday hodisa yirik yonğinlar paytida yer yuzasi yaqinidagi havo juda kuçli qizişi natijasida yuzaga keladi. Qizigan havo tutun, suv buği va kul bilan birga katta tezlikda yuqoriga kötariladi. Ayrim hollarda bu massa hatto stratosferagaça yetib borişi mumkin.
U yuqori qatlamlardagi sovuq havo massalari bilan töqnaşganda kuçli şamollar paydo böladi. Bu şamollar esa yonğinning yanada tez tarqalişiga olib kelişi mumkin. Bunday bulutlarda çaqmoq ham paydo bölişi ehtimoli bor.
Ilgari şunga öxşaş hodisalar Avstraliya va Kanadadagi ulkan örmon yonğinlari vaqtida kuzatilgan.
Fransiya yonğin xizmati vakili Erik Brokardi mamlakat uçun bunday hodisani «misli körilmagan» deb baholagan.








