BBC North America muxbiri Jon Sopel Oq uydan tayyorlagan lavhasida özi bilib-bilmay tomoşabinlarni taajjubga solib qöydi, deb yozmoqda Daily Mirror naşri.
Öşa lavhada Sopel qöllarini faol qimirlatadi. Kutilmaganda uning qölida qölqop paydo böladi. Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvçilari bunga diqqat qaratib, uni "sehrli tomoşa" deb hazil qilişgan.
"Jon Sopel böş vaqtlari közboylaş bilan pul topadimi?", — deb murojaat qiladi Rassel Joys.
"Sopelning bunday holatlar uçun dublyori bor, şekilli?", — deydi Nil Bauness.
Sopelning özi bu holatga oydinlik kiritar ekan, aslida nima bölganini tuşuntirib bergan. Uning sözlariga köra, u bir neça soniyaga bloklanib qolgan telefonini barmoq izi bilan oçiş maqsadida qölqopini olib turgan, keyin yana kiygan.
"Menga Trampning bitta gapi kerak edi. Telefonim bloklanib qolganini bilgaç, tezda qölqopni yeçib, telefonni faollaştirdim", — degan jurnalist va odamlar uni sehrgar deb öylaşganidan xursand bölganini aytgan.












