General Motors kompaniyasining global mahsulotlarni yaratiş böyiça ijroçi vitse-prezidenti Mark Reuss va Honda yapon aviakompaniyasining Şimoliy Amerika mintaqasi böyiça operatsion direktori Toşiaki Mikoşiba "ilğor texnologiyalarga taalluqli muhim e'lon"ni ma'lum qilişni möljallab qöyişgan. Hozirça tafsilotlar oşkor etilmagan. Honda va GM 2013 yildayoq yonilği yaçeykalaridagi tizimning keyingi avlodi va vodorodni saqlaş texnologiyalarini yaratiş böyiça alyans taşkil etişgandi.
Yonilği yaçeykalaridan quvvatlanuvçi modellar avtomobilsozlarga issiqhona gazlarining çiqarilişini kamaytirişga qaratilgan federal va davlat dasturlari hisobiga mablağ keltiradi.
GM avtomobillar uçun vodorod negizidagi yonilğini yaratiş ustida 50 yildan köproq vaqt davomida iş olib boradi. Vodorodda yuruvçi sinov prototipi – modernizatsiyalaşgan Chevrolet Corvair ötgan asrning 60-yillarida çiqqan.
Honda esa öz tomonidan, ötgan yil dekabridan vodorod yonilği yaçeykalarida işlovçi Clarity modelini Kaliforniyada taqdim qila boşladi.
Oktyabrda Chevrolet kompaniyasi dvigateli vodorod yonilği yaçeykalarida işlovçi kontseptual armiya yöltanlamasini namoyiş qilgandi.












