Norvegiya harbiy-havo kuchlari tarixida ilk marotaba ayol kishi qo‘mondon sifatida tayinlandi, deb xabar qilmoqda The Local nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, 49 yoshli general-mayor Tone Skinnarland HHKning ilk ayol qo‘mondoni hisoblanadi. Aslida u 2016 yil oktabr oyida Norvegiya HHK qo‘mondoni vafot etganidan so‘ng, ushbu vazifani bajarib kelayotgan edi.

Skinnarlandning armiyadagi umumiy ish staji 30 yilni tashkil etadi.