Yevropa Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan çiqişini qutlagan AQŞ prezidenti Donald Trampning gaplariga qattiqqöllik bilan javob berişi kerak. Bunday fikrni 28 yanvarda Fransiya prezidenti Fransua Olland aytib ötdi.
"AQŞ prezidenti tomonidan Yevropa haqida bildirilayotgan gaplar bölganda va u Brexit qolgan davlatlar uçun örnak hisoblanişini aytganda, fikrimça, biz unga javob berişimiz kerak", deb aytdi Olland Lissabonda ötgan Örta Yer dengizi davlatlari sammitida.
Ollandning aytişiça, Yevropa Ittifoqi davlatlari Oq uyning yangi egasi bilan munosabatlarda umumevropa manfaatlarini himoya qilgan holda qat'iy pozitsiyaga ega bölişi lozim. "Biz öz pozitsiyalarimiz haqida gapirişimiz va öz fikrimizda qat'iy turib, muloqotga kirişişimiz lozim. Yevropa öz qadriyatlari, prinsiplari va manfaatlaridan kelib çiqib iş körişi kerak", deb aytgan Olland.
27 yanvarda Tramp Vaşingtonda Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Meyni qabul qilgan va qöşma matbuot-anjumanida britaniyaliklarning Yevropa Ittifoqidan çiqişi qarorini qöllab-quvvatlaşini aytgan.
"Men Brexit’ni davlatingiz uçun ajoyib iş böladi, deb hisoblayman. Öylaymanki, hammasi izga tuşganda, sizda öz qiyofangiz, davlatingizda esa siz körişni istagan odamlar böladi va siz şaxsiy savdo bitimlaringizni tuza olasiz", deb aytgan Tramp britaniyalik jurnalistga yuzlanib.











