Toyota markasi Google’da 2016 yil davomida eng köp qidirilgan brendlar jahon reytingida birinçi örinni egalladi. «Toyota»ni röyxatda bölgan 193 mamlakatning 74tasida hammadan köproq izlaşdi. Bunday ma'lumotlar Britaniyaning Quickco kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.
Qidiruvlar miqdori böyiça ikkinçi örin BMW’ga nasib etdi – nemis markasi 51 mamlakatda birinçi örinni qölga kiritgan. Uçinçi poğona esa 17 mamlakatda eng köp qidirilgan Hyundai kompaniyasiga tegişli böldi.

Quickco’ning ta'kidlaşiça, atigi tört davlatda qidiruvlar talabi miqdori böyiça mahalliy avtomobil işlab çiqaruvçilari eng ommabop bölgan: Germaniyada (BMW), Fransiyada (Renault), Şvetsiyada (Volvo) va Italiyada (Fiat). Amerikaliklar köproq «Toyota»lar haqidagi ma'lumotni izlaşgan bölsa, yaponlar va Janubiy Koreya aholisi – BMW’ga qiziqiş bildirgan.
Google’da faqat superkarlar işlab çiqaruvçi kompaniyani qidirgan yagona mamlakat Niger böldi. Bu yerda izlaş qatoriga Bugatti markasi eng köp tuşgan.

Avvalroq Google kompaniyasi AQŞdagi avtomobil qidiruv talablari takroriyligi böyiça statistikani taqdim etdi. Bu reytingda birinçi örin Honda, ikkinçi poğona Mercedes-Benz, uçinçi band esa Tesla’ga nasib qildi.












