Singapur sudi saudiyalik diplomatni mahalliy mehmonxona xodimasiga jinsiy tajovuz qilişda gumon qilmoqda. Bu haqda sud tomonidan e'lon qilingan bayonotda söz yuritilgan.
Hozirda, 39 yoşli Bander Yahyo Al Zahroniy 20 ming Singapur dollari (14 ming AQŞ dollariga yaqin) garov puli evaziga hibsdan ozod etilgan. Mahalliy qonunçilikka köra, diplomat 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi barobarida darra uriş bilan jazolanişi ham mumkin.

Saudiya Arabistonining Pekindagi elçixonasi xodimi hisoblangan erkak rafiqasi va uç farzandi bilan Singapurga ta'tilga keladi. Tergov jarayoni uning ta'til çoğida mehmonxona xodimasiga tegajoğlik qilganini aniqlagan. Sud mahkamasi buni kuç işlatiş yöli bilan jinsiy tajovuz qiliş deb baholagan. Sudlanuvçi va himoyasining uqdirişiça, jabrlanuvçi özini yomon his qilgan, diplomat esa, şunçaki yordam körsatgan. Biroq, hakam advokatlarning sözini qabul qilmagan.











