Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh kongressiga Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritish haqidagi qonun loyihasi kiritildi
AQShning bir qator respublikachi deputatlari kongressga Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qiritdilar. Bu haqda Illinoys shtatidan kongressmen, loyihaning mualliflaridan biri Piter Roskemning saytida aytilgan.
Qonun loyihasida ballistik raketalar yaratish dasturida ishtirok etayotganlar yoki unga aloqador bo‘lganlarga qarshi sanksiyalar kiritish haqida gapirilgan. Shuningdek, hujjatda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi va bu "korpusga terrorchilikni yoyishda yordam beruvchi" Mahan Air aviakompaniyasiga qarshi yangi sanksiyalar kiritish ko‘zda tutilgan.
Qonun loyihasi Eronga qarshi mavjud sanksiyalarni kengaytirish va "inson huquqlarining qo‘pol buzilishi" tufayli yangi sanksiyalar kiritishni taklif qiladi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.07.2026
Eron Ali Xominaiy bilan xayrlashadi
21:57 / 01.07.2026
O‘zbekiston delegatsiyasi Eron oliy rahbarining dafn marosimida ishtirok etadi
22:59 / 30.06.2026
400 kg uran nega 60 foizgacha boyitilgan? Eron elchisining javobi
14:37 / 30.06.2026