AQŞning Texas ştati Dallas şahri federal sudi hakamlar hay'ati xulosasiga köra, Oculus kompaniyasini ZeniMax Media videoöyinlar işlab çiqaruvçisining virtual reallik texnologiyalarini öğirlagan. Bu kompaniya Facebook ijtimoiy tarmoği tomonidan 2014 yilda xarid qilingan. Yetkazilgan zarar 500 mln dollar miqdorida, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.
Yanvar oyida Facebook asosçisi Mark Tsukerberg sud majlisida qatnaşgan va intellektual mulkni öğirlaş böyiça ayblovlarni rad etgan edi. Uning bayonot berişiça, "Oculus mahsulotlari Oculus texnologiyalari asosida işlab çiqariladi".
ZeniMax Media 2014 yilda Oculus startapini sudga bergan edi. Öşa vaqtda Facebook bu startapni xarid qiliş borasida muzokaralar olib borayotgandi. ZeniMax aybloviga köra, Oculus unga tegişli bölgan intellektual mulkni noqonuniy özlaştirgan.
Aytiş joizki, kompaniyaning murojaati qisman Oculus texnologiyalar böyiça direktori va dasturçisi Jon Karmekka ham tegişli. Karmek uzoq vaqt mobaynida ZeniMax xarid qilguniça, id Software kompaniyasida işlagan. Keyinçalik, id Software firmasining yangi xöjayini dasturçini Oculus yangi texnologiyalarini işlab çiqişga kömak beriş maqsadida ZeniMax kompyuter kodini öğirlaşda aybladi.
Facebook Oculus kompaniyasini 2014 yil bahorida virtual reallik texnologiyalariga bölgan barça huquqlar bilan birga xarid qildi. 2015 yil fevralida kompaniya virtual kommunikatsiyalar borasida tadqiqot işlarini olib boruvçi yangi bölimini oçdi.












