Filippin adliya vaziri Vitaliano Agirre huquq himoyaçilarining mamlakat politsiyasini insoniyatga qarşi jinoyat sodir etayotganlikdagi ayblovini rad etdi va jinoyatçilarni odam deb hisoblab bölmasligini aytdi. Bu haqda "Frans Press" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Amnesty International huquqni himoya qiliş taşkiloti Filippinning giyohvandfuruşlikka qarşi kuraş doirasida himoyasiz odamlarni öldiriş böyiça pozitsiyasini qoralagan va bu qotilliklar insoniyatga qarşi jinoyatlar hisoblanişini aytgan.  

"Jinoyatçilar, narkobaronlar, narkodilerlar – odam emas. Insoniyat emas", deb aytgan Agirre. "Boşqaça aytganda, siz bu narkobaronlar, giyohvandlar, giyohvand modda tarqatuvçilar bilan kuraşayotganingizda qanaqasiga boşqaça bölişi mumkin? Siz ularni odam deb hisoblaysizmi? Men – yöq", deb qöşimça qilgan vazir.  

BMT ma'lumotlariga köra, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte hokimiyat tepasiga 2016 yil 30 iyunda kelgandan beri mamlakatda giyohvanfuruşlikka aloqador bölgan 6 mingdan köproq odam öldirilgan. Dunyo hamjamiyati Filippin hukumatining bunday kuraş çoralarini bir neça bor tanqid qilgan.