Finlyandiyaning Nokia smartfonlar va telekommunikatsiya qurilmalari işlab çiqaruvçi kompaniyasi 2016 yilning 4-çoragida 658 million yevro sof foyda oldi, bu esa ötgan yilning şu davriga nisbatan 32 foizga köproq. Bu haqda kompaniya hisobotida aytildi.

Hisobot davrida daromad 6,6 milliard yevroga teng böldi, bu bir yil avvalgidan 84 foizga ortiqroq. Şu bilan bir qatorda, operatsion daromad 51 foizga kamaydi – 317 million yevrogaça.

Nokia’ning 2016 yildagi sof buromadi 912 million yevroni taşkil qildi. Daromad esa 23,6 milliard yevroga teng bölib, 13 foizga ösgan. Operatsion zarar 1,1 milliard yevroga ortdi, 2015 yilda esa kompaniya 1,69 milliard yevro hajmidagi operatsion daromad olgan.

Nokia va u tomonidan 2016 yilda xarid qilingan Fransiyaning Alcatel-Lucent’ning moliyaviy natijalari böyiça umumiy ma'lumotlari 2016 yilning 4-çoragida operatsion daromad 27 foizga pasayib – 940 million yevroni taşkil qilganini körsatdi. Bu davr mobaynida daromad 13 foizga qisqarib, 6,7 milliard yevroga teng böldi.

Nokia rahbari Rajiv Suri “2016 yildagi moliyaviy natijalardan köngli tölmagan bölsa-da, kompaniya körsatkiçlar 2017 yilda yaxşilanişini kutmoqda” dedi.

Ma'lumot uçun, Nokia – Finlyandiyaning transmilliy kompaniyasi bölib, mobil, keng polosali va IP-tarmoqlari uçun telekommunikatsiya uskunalari işlab çiqaradi.