Amerikalik işbilarmon, investor va kitoblar muallifi Jyeyms Altuşer öz blogida qanday qilib “tadbirkor sifatida” fikrlay boşlaganini yozdi. U 90-yillar örtalarida singlisi va uning turmuş örtoği bilan Reset kompaniyasiga asos soldi. U korporativ saytlar yaratişga ixtisoslaştirilgan bölib, keyinçalik “nuqta komlar” inqirozidan biroz avval bir neça million dollarga sotib yuborildi. Quyida uşbu material tarjimasini taqdim etamiz.
"Mening işbilarmon böliş böyiça uçinçi harakatim ham omadsizlikka duç kelgaç, barçasini yiğiştirişga qaror qildim. “Men heç qaçon bu bilan şuğullanmayman. Aftidan, bu boşqa kişilarga möljallangan soha”, - deb öyladim.
Men işbilarmonlikdan nafratlanganman, biroq qayta va qayta u bilan şuğullandim, hamda baribir bu işning uddasidan çiqdim.
Menda biznes-mantiq degan narsa yöq edi. Mening biznes haqidagi fikrlarimni faqatgina bir gapda keltiriş mumkin edi: sen kim uçundir iş qilasan, pul olasan va hisoblar böyiça tölaysan. Bilimlar yetarliça emas edi, biroq sxema işladi.
Men işbilarmonlik aslida nima ekanini yaxşi tuşunmasdim va hayot keçiriş hamda hisoblar böyiça tölovlarni amalga oşiriş uçun özimni anglaşim kerak böldi. Sen har gal harakat qilib körganingda yangi nimanidir anglaysan, şuning uçun hammasi bir kun kelib sen uçun tuşunarli bölib qoladi.
Men olgan birinçi dars daromadga oid. Orqamda köplab pullari bölgan investor yöq edi, şuning uçun biznes birinçi kundan boşlab daromad keltira boşladi.
Ya'ni kişilar pul tölaşga tayyor bölgan servisni taklif etiş. Men korporativ saytlar yaratiş bilan şuğullanişga qaror qildim: 90-yillarda köplab kompaniyalarda saytlar bölmagan.
1. Katta rejalar, biroq aniq strategiya
Bizda katta rejalar bor edi (“har bir kompaniyaga sayt kerak”), biroq özimiz şuğullangan har bir kiçik detalni ham yaxşi tuşunganmiz (men ma'lumotlar bazasini yaratişim, dizayn tayyorlaşim, saytni yaxşilaşim mumkin edi, xizmatlarni sota olganman va hokazo). Öz sohangizdagi kiçik jihatlarni ham yaxşi tuşuning, biroq global maqsadni e'tibordan çetda qoldirmang.
2. Tinimsiz mehnat qiling, biroq majburiyatlarni taqsimlay biling
Hayotimdagi eng muhim kunlardan biri bu men hammasini bir özim qilişim lozim emasligimni tuşungan kunim böldi. Men endilikda xodimlar yollaşim va ularga vazifalarning bir qismini berişim mumkin.
Mavzuga oid
Öşanda men haftasiga 90 soatlab işlaşim mumkin bölgan, biroq sayt qiliş uçun 300 soat talab etilgan. Men haligaça birinçi xodimim – Çetga öz minnatdorçiligimni bildiraman.
3. Köp narsa va'da qiling, biroq undan ham ortiqroq bajaring
Sizga buyurtmalar qabul qiliş lozim. Buning uçun esa va'da beriş kerak. “Ha, biz işni ikki haftadan kam muddatda bitirib beramiz. Ha, biz har doim aloqada bölamiz. Ha, biz sizning muammolaringizni hal qilamiz. Ha, biz loyihaga eng yaxşi dizayner va dasturçini tayinlaymiz”.
Söngra biz va'da qilganimizdan ham köproq iş bajardik. Bizda har doim qöşimça bonuslar bor edi, ularni buyurtmaçi söramasdi, biroq biz ular unga talab etilişini bilardik. Biz buni bepul amalga oşirar edik.
Agarda sizda öz agentligingiz bölsa, barça mijozlar bilan munosabatlar qaçonlardir baribir yomonlaşa boşlaydi. Biroq siz köproq iş qilayotganingizda öz “asal oyingizni” köproq vaqtga çözişingiz mumkin va ular raqiblaringiz tomonga hattoki qarab ham qöyişmaydi.
Biroq mijozlar baribir raqobatçiga ötib ketişadi. Bu xuddi ajraşgan er-xotinlar munosabatidek: avvaliga juftlik birga bölişdan zerika boşlaydi, söng janjallaşib, ajrimga yuz tutadilar.
4. Özingizni saqlab qolişga harakat qiling
Men öz kompaniyam oçilganidan söng birinçi 18 oy davomida asosiy işimdan böşab ketmadim. Menga hisoblar uçun tölovlarni amalga oşira olişim va oçlikdan ölmasligim uçun kafolat kerak edi. Men tavakkal qila olmasdim.
Şuning uçun xavfni kamaytiriş uçun özimni saqlab qolişga harakat qildim. Siz heç nima yöqotmasligingizni tuşunganingizda esa – haqiqatdan ham muhim bölgan narsaga bor e'tiborni qaratişingiz mumkin. Aslida nima muhim? Özingizga yoqadigan narsa bilan şuğullaniş va daromad buromaddan köproq bölişi. Oddiy eşitiladi, biroq bu haqiqat. Sizni öz bank raqamingiz holati taşvişga solmasligi lozim.
Men hattoki işda ham bundan foydalandim – dasturçi edim, biroq şuningdek TV-şouda işladim va kiçik hikoyalar töplamini sotişi uçun maxsus agent yolladim. Şuningdek har doim iş böyiça boşqa takliflarni közdan keçirib turdim.
Men biznesda ham şu yöldan yurdim – köproq mijozlarni jalb etişga harakat qildim: biz yana bir mijozni özimizga oğdiriş uçun istalgan narsaga tayyor edik. Şuningdek yangi xizmatlarni öylab topişga intildik. Biroq rostini aytsam – biz yangi nimadir öylab topiş uçun unçalik ham aqlli emasdik.
Öşanda biznes qanday şakllantirilişini tuşunganimizda, investitsiyalar yoki kompaniyani kengaytiriş yoxud köpçilik raqobatçilarimizdek IPÖdan çiqişga intilgan bölardik.
Biroq unçalik aqlli emasdik, şuning uçun qölimizdan kelgan narsa bilan şuğullandik. Biz kompaniyalarning saytlarga ehtiyoji borligini hamda ulardan ijara va maoşlarni tölaşga sarflanadigan mablağlardan köproq pul olişga harakat qilişimiz kerakligini bilardik.
5. Savdolar
Avval men savdolar haqida heç narsa bilmadim. Biroq mahsulot yoki xizmatni sotişim kerak edi. Ular menga qiziq bölmagan bölişi mumkin, lekin qobiliyat paydo böla boşladi.
Dunyoda kişilarni narsalar sotib olişga işontirişga bağişlangan millionlab kitoblar yozilgan. Men kompaniya oçayotganimda ularning birontasini ham öqimaganman. Albatta, keyin ularni öqib, foyda keltirişini tuşundim. Har bir işbilarmonda qandaydir asoslar bölişi kerak.
Öziga jalb eta oliş. Uçta asosiy qoidaga amal qiling: mahsulotni seving, mijozga moslaşing va uni diqqat bilan tinglang.
Bitta katta va bitta kiçik muammoni hal etişga örganing. Men kompaniyalarga öz xizmatimni taklif etganimda, ularda bitta katta va bitta kiçik muammo borligi hamda ularni men hal qilib berişim kerakligini bilardim. Kattasi – saytlarining yöqligi. Bu yerda hammasi oddiy: “Agarda siz hozir sayt qilmasangiz, sizdan raqobatçilar özib ketişi mumkin va katta auditoriyaga murojaat qiliş imkoniyatidan mahrum bölasiz”.
Kiçik muammo – bu byudjyet. Hattoki yirik kompaniyalarda ham sayt yaratiş uçun har doim böş mablağlar bölmagan. Şuning uçun arzon narxni yoki raqobatçilarga qaraganda ança qulay taklifni bering.
Raqobatçilarni tavsiya qiling. Siz ehtimoliy mijozga raqobatçini tahlildan ötkazişni taklif qilişingizda yomon heç narsa yöq. Bu yerda “tuşunmovçilikka duç kelmaslik” effekti iş beradi.
Ularda bozorda siz hamda “qandaydir kompaniyalar” borligi haqida tasavvur paydo böladi. Buning ustiga siz ular tomonida ekaningiz va ularga yordam berişni istayotganingiz kabi fikr tuğiladi.
Kompaniyada öz “himoyaçingizni” toping. Siz qaror qabul qiluvçi kompaniya vakillari orasida “himoyaçi” bölmasa, kelişuvga erişa olmasligingiz deyarli aniq. Agarda sizning “himoyaçingiz” – bu oddiy xodim bölsa – vaqtni bekorga sarflamang. Siz bu mijozni jalb etmaysiz.
Kompaniya rahbariyatida qanday qilib “himoyaçi” topiş mumkin? Bunday insonlar bilan yaqinlaşiş yölini toping. Sizda ular bilan umumiy tanişlar, umumiy joylar, umumiy rejalar va hokazolar bölişi mumkin. Ular sizning maqsadingizni töğri tuşunişlariga işonç hosil qiling.
Savdolar haqida har doim, har bir soniyada öylang. Sotuvlarga qaramay qarorlar qabul qilişdan voz keçing.
6. Biznesni yaxşi köriş va yomon köriş lozim
Menda birinçi omadli biznes paydo bölganida, men har kuni muammolarni hal etişdan baxtli edim. Siz har kuni muammolarni yeçiş va yangi mijozlarni jalb etiş böyiça tinimsiz harakat qiling.
Biroq undan voz keçişni ham istardim – tezroq va köp pul evaziga sotib yuboriş. Biroq mablağlar sizning barça muammolaringizni hal qila bilmaydi, lekin ular pullar bilan boğliq muammoni yeçişga yordam beradi.
Ba'zida kişilar menga aytişadi: “Agarda öz biznesimni sotsam, yana xuddi şunday biznesni noldan yurita boşlayman”. Mayli. Agarda men bunday kompaniyani boşlasam, mening hisob raqamimda köproq pul bölardi. Şuning uçun biznesni yaxşi köring, ammo uning qiymati har kuni ösib borayotganini ham kuzatib boring. Bundan taşqari, uni sotib yuborişga istalgan lahzada tayyor turing.
Bu milliarder bölgan kişilar orasidagi umumiy strategiyadir. Mark Kuban (özining ilk kompaniyasini sotib, Audionet va Broadcast.com servislariga asos soldi) yoki Ilon Maskka (Zip2, söng Paypal kompaniyasini sotib yubordi hamda Tesla va SpaceX’ni oçdi) e'tibor bering. Öz kompaniyangizni yaxşi körib qolmang.
7. Heç qaçon jahl qilmang
Meni birinçi kompaniyamda jahlimni çiqargan kişilar röyxati juda katta: mijozlar, şeriklar, xodimlar, ijara beruvçilar, kompaniya xaridorlari – aynan şunday ketma-ketlikda. Kelajakda ularga aksiyadorlar ham qöşildi.
Biroq mening maslahatim quyidagiça – heç qaçon jahl qilmang. Tenglamaga e'tibor bering:
Hayot + ğazab < umr.
Ğazabdan qanday qutiliş mumkin? Esingizda tursin, jahl – bu yaşirin ğazabdir. Özingizga savol bering, nimadan qörqasiz? Mijoz ketib qolişidanmi? Şerigim kompaniya rivoji böyiça rejamni qabul qilmasligidanmi?
Qörquvlar bilan muammoni hal eting. Eng yomon ssenariyda nima röy berişi mumkinligi haqida öylang. Mijoz ketib qolsa, nima qilişingiz mumkin yoki şeriklaringiz bilan bir töxtamga keling. Agarda xodim loyihani eplay olmagan bölsa – bu eng qörqinçli narsa emas. Ehtimol siz uning imkoniyatlariga ortiq baho berib yuborgansiz.
8. Rozi bölişni va rad etişni örganing
Birinçidan, hammasiga rozi böling. “Siz X’ni bajara olasizmi? Ha, biz eplaymiz. Siz Y’ni qila olasizmi? Qilamiz. Z dollardan kamroqqa bajara olasizmi? Albatta”. Sizning maqsadingiz – mijozni qölga kiritiş. Mijoz esa har doim haq. Biroq u xato qilişi mumkin bölgan holatlar ham uçrab turadi.
Öşanda siz “yöq” deyişingiz, yoki muzokaralarga kirişişingiz, yoxud mijozdan voz keçişingiz mumkin. Men işbilarmonlikni birinçi boşlagan kezlarimda juda ham kam muzokaralarda qatnaşganman. Men mijoz söragan narsani qilib, barça narxga rozi bölganman.
Miramax uçun atigi 1000 dollarga sayt qilib berganmiz, garçi “Matritsa” filmi uçun 250 ming dollarga sayt tayyorlab bergan bölsak-da. Men hammaga “ha” deganman va vaqt ötib studiyam “köngiloçar sohadagi barça loyihalar uçun sayt qiluvçi kompaniyaga” aylandi.
Buning evaziga bizning brend millionlab dollarga baholana boşladi – katta kompaniyalar bizning agentligimiz kabi firmalarni xarid qilib borgan vaqt oraliğida.
9. Pullarni havoga soçmang
Yuqorida yozgandim – majburiyatlarni taqsimlang. Biroq endi – pullarni havoga soçmang, deyman. Haqiqiy biznesda davrlar bor. Agarda kompaniyangiz iqtisod qilib faoliyat yuritsa, inqirozdan söng omon qoliş imkoni yuqori.
Masalan, menda heç qaçon kotiba bölmagan. Biz 40 kişilik jamoamiz uç xonali ofisga siğmay qolgaç, katta ofisga köçib ötdik.
Agarda biznesingiz investor yordamida hayot keçirsa, siz mening gaplarimga quloq solmasangiz ham böladi. Agarda real dunyoda yaşasangiz, siz kamroq pul sarflaşingiz darkor. Biz nima qilayotganimizni özimiz ham bilmasdik. Biz hisobçilik haqida tasavvurga ham ega emas edik. Hisob işini biliş – bu yaxşi biznes yuzasidagi köprikdir.
Hisobçi buni yaxşi qiladi, biroq sizga işbilarmon kabi fikr yuritişingizga yordam bermaydi. Işbilarmon şunday fikr yuritişi lozim: “Menda oy oxirida boşidagidan köproq pul böladimi? Bu hisoblarga tölaşga yetadimi?”. Hisobçilar aksariyat hollarda bu haqda öylaşmaydi. Ular uçun debitorlik qarzdorligi – bu ham aktiv, biroq u faqat qozoğda.
10. Havoga uçib ketmang
Har bir işbilarmon uning biznesi – bu sayyordagi eng yaxşi kompaniya ekaniga işonçi komil. Bu borada maxsus ruhiy atama ham bor, men u qanday atalişini yoddan çiqarib qöydim.
Özini havoga kötarilib ketişdan saqlab qoliş juda muhim. Vaqti kelib mening “professionallar jamoam” qilgan saytlarni körib, ular naqadar yomonligiga guvoh böldim. Şuning uçun istalgan işbilarmon uçun ortga qadam taşlaş va umumiy holatda kompaniyasi qanday pozitsiyada tutganiga nazar taşlaş juda muhim. Şuning uçun doimiy ravişda yaxşilanişga intiling va “biz eng yaxşilarmiz” iborasini unuting.
11. Öyin-kulgi qiling
Men özimning birinçi omadli biznesimni singlim va uning turmuş örtoği bilan birga boşladim. Singlim yaxşi yozuvçi, men telekompaniyada işlardim, uning eri esa rassom, bizning törtinçi şerigimiz – fotosuratçi edi.
Biz “sot, işla, pul ol, yana hammasini qaytadan boşla”dan boşqa narsani bilmadik. Millionlar işlab topa boşlaşimiz va kompaniyani sotib yuborişimizdan avval köplab kiçik sirlarni bilib oldik. Biz har doim yoki tinimsiz işlardik yoxud xavotirda ötirardik. Va biz har doim va juda köp bahslarga kirişardik.
Biroq bizda hammasi amalga oşdi: biz kompaniyani qurdik, omon qoldik va uni qayta sotib yubordik. Bu öz vaqtida amalga oşirildi – sababi kelişuvdan bir neça oy ötib bizning sohada “nuqta komlar” inqirozi yuzaga keldi.
Biz safarlarga birga çiqib, bizga ovqatlanardik. Tinimsiz öyin-kulgi qilardik: bazmlar uyuştirdik, turli loyihalar qildik.
Biz bir-birimizni qöllab-quvvatladik, biroq “biznesça fikrlaş” – bu juda ham şafqatsiz narsa. Oxir-oqibat gaplaşmay ham qöydik. Men ularni juda ham soğinaman.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi