
Foto: FABRICE COFFRINI / AFP via Getty Images
Dunyoning badavlat insonlari Şveytsariyaning Davos şahridagi Jahon iqtisodiy forumida yiğilgan dunyo siyosiy yetakçilariga oçiq maktub yölladi. Bu haqda CNBC naşri xabar bermoqda.
“Bizning iltimosimiz oddiy: bizdan, jamiyatning eng badavlat kişilaridan soliq undirişingizni söraymiz. Bu bizning turmuş darajamizni tubdan özgartirmaydi, farzandlarimizning hayotiga zomin bölmaydi va mamlakatlarimizning iqtisodiy ösişiga zarar yetkazmaydi. Ammo bu ortiqça va samarasiz xususiy boylikni umumiy demokratik kelajagimiz uçun sarmoyaga aylantiradi”, – deyiladi xatda.
Oçiq xatda dunyo boylari uç yildan beri ortiqça boylikka soliq joriy qilişni sörab kelayotgani, lekin siyosatçilar buni javobsiz qoldirayotgani aytiladi.
“Köproq tölaşdan faxrlanaman” deb nomlangan maktubni 17 ta davlatdan bölgan 250 nafardan ortiq milliarder va millioner imzolagan. Ularning orasida eng taniqlilari – Disneyning merosxöri Abigayl Disney, ssenarist Saymon Pegg va maşhur amerikalik kinoaktyorning merosxöri Valeri Rokfeller.
Davos forumi davomida “Oksfam” xayriya taşkiloti agar mavjud tendensiyalar davom etsa, qaşşoqlik yana 229 yil barham topmasligini ma’lum qildi.
Oxfam xayriya taşkiloti boylar uçun yangi soliq joriy etişga çaqirdi
Xatni imzolagan boylardan biri, aktyor Brayan Koksning aytişiça, milliarderlar özlarining ulkan boyliklaridan siyosiy kuç va ta’sirga ega böliş maqsadida foydalanib, demokratiya va global iqtisodiyotga putur yetkazmoqda.
“Harakat qiliş vaqti keldi. Agar bizning saylangan amaldorlarimiz pul va hokimiyatning bunday konsentratsiyasiga qarşi kuraşişdan boş torsa, oqibatlari dahşatli böladi”, – degan Koks.










