Qozog‘istonda ko‘chada pullar tarqatayotgan yigit 10 nafar politsiyachi qurshovida qoldi

28 yanvarda Olmaotada "Haqiqiy pullardan iborat kostyum bilan nima bo‘ladi?" ijtimoiy tajribasi ishtirokchisi Andrey Lobanov politsiyachilarning sinchkov nigohi ostiga tushdi. Bir hafta o‘tgach yigit bo‘lgan voqea haqida Kazday nashriga so‘zlab berdi.
Yigit egnidagi kiyimga haqiqiy pullarni yopishtirib, qo‘lida "Agar muhtoj bo‘lsangiz oling" degan yozuvli kartonni ushlagancha, pulga muhtoj bo‘lganlarga ularni olishni taklif qilgan.
Uning aytishicha, politsiyachilar undan bu aksiyani o‘tkazishga ruxsati borligi haqida so‘rashgan va uni sektantlik yoki qalbaki pullar yasashda gumon qilishgan. Ular pullarni tekshirishmagan va suhbatdan keyin yigitni qo‘yib yuborishgan.
"Ular hech qanday ayblov qo‘yishmadi. Politsiyachilar yonimga kelishdi, ehtimol ularni bu holat – bir yigit turib, pul tarqatayotgani juda ajablantirgan bo‘lsa kerak. Natijada uchta patrul – 9 kishi yonimda to‘planib oldi va yana kapitan ham ularga kelib qo‘shildi. Kapitan bu tashviqot qoidabuzarligiga o‘xshab ketayotganini aytdi va bizdan buni bas qilishni so‘radi. Biz iltimosga ko‘ra suratga olishni to‘xtatdik", deb aytmoqda Lobanov.
Pullar tarqatilishi videoga olingan va yigitlarning ushlanishi ham kameraga muhrlanib qolgan.

Olmaota ichki ishlar departamentida politsiyachilar harakatlariga ular departament tarkibiga kirmasliklari sabab izoh bera olmasliklari ma'lum qilingan. Qozog‘iston ichki ishlar vazirligida esa Olmaota ichki ishlar departamentiga murojaat qilish tavsiya qilingan.
Avvalroq bunday tajriba Ukraina va Rossiyaning bir necha shaharlarida, jumladan Grozniyda o‘tkazilgan. Checheniston poytaxtida odamlar yigitlar egnidagi pullarni olishmagan, balki aksincha, unga qo‘shimcha pullar yopishtirib qo‘yishgan. Aktsiya tashkilotchilari shunday tajribani AQSh va Germaniyada ham o‘tkazishmoqchi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
-
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 08:25
-
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi
Jahon | 08:22
-
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
O‘zbekiston | 08:03
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025