Reuters agentligi Qozoğiston Energetika vazirligiga tayanib xabar qilişiça, tomonlar Rossiyadan keltirilgan neftni Qozoğistonda qayta işlaş, olingan neft mahsulotlarining bir qismini mamlakat içki bozorida sotiş hamda qolgan qismini Rossiyaga eksport qiliş imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, muzokaralar davom etmoqda. Biroq qayta işlanadigan neft hajmi, hamkorlik şartlari va qaysi neftni qayta işlaş zavodlari iştirok etişi hozirça ma’lum qilinmagan.
Bundan avval Reuters Rossiyada yuzaga kelgan yonilği tanqisligi fonida Moskva Qozoğiston bilan 50 ming tonna benzin yetkazib beriş böyiça ham muzokaralar ötkazayotganini xabar qilgan edi.
Agentlik qayd etişiça, 2026 yil yozida Rossiya Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan buyon eng jiddiy yonilği tanqisligiga duç kelgan. Bu holat Ukraina dronlarining Rossiya neft omborlari va neftni qayta işlaş zavodlariga bergan zarbalari fonida yuzaga kelgan.
Reuters bahosiga köra, uşbu hujumlar natijasida Rossiyaning neftni qayta işlaş quvvatlarining qariyb 25 foizi töliq yoki qisman işdan çiqqan. Oqibatda mamlakatning ayrim hududlarida yoqilği sotuviga çeklovlar joriy etilgan.












