Şavkat Mirziyoyev 3 fevral kuni Özbekiston Prezidentning Toşkent şahridagi Xalq qabulxonasiga taşrif buyurdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Özbekiston Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi «Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoniga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toşkent şahrida, şuningdek, har bir tuman va şaharda Özbekiston Prezidentining Xalq qabulxonalari taşkil etilmoqda.
Özbekiston Prezidentining Toşkent şahridagi Xalq qabulxonasida ham fuqarolarning davlat organlariga murojaat qilişiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlaş uçun barça qulaylik yaratilgan.
Qabulxonaga kiraverişda Şavkat Mirziyoyevning «Insonlarning dardu taşvişlarini öylab yaşaş – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan sözlari bitilgan.
Aholi bilan töğridan-töğri muloqotni taşkil etiş, murojaatlarni körib çiqiş va saqlaş uçun zamonaviy şart-şaroitlar yaratilgan. Xodimlar, yoş bolali onalar, nogironlar va fuqarolar uçun barça jihatlar e'tiborga olingan.
Şavkat Mirziyoyev Xalq qabulxonasi faoliyati bilan tanişar ekan, uning taşkiliy jihatlariga yuqori baho berdi. Endi uni mazmunan boyitiş, içki madaniyatini mustahkamlaş zarurligini alohida ta'kidladi.
"Toşkent şahrining salohiyati ham, aholi soni, odamlarning talabi ham boşqa joylardagidan yuqori. Işni şunga muvofiq taşkil etiş kerak. Bu maskan xalq manfaatlarini ta'minlaydigan, işonçini qozonadigan dargoh, adolat zamini bölsin", dedi davlat rahbari.












