Rus şarhlovçisi Gennadiy Orlov serbiyalik himoyaçi Branislav Ivanoviçning «Çelsi»dan «Zenit»ga ötgani borasida fikr bildirib ötdi.

«Ivanoviç ajoyib sport formasida. Biz uni «Çelsi» safida qanday öynaganini körganmiz. Uning yoşiga keladigan bölsak, 32 yoş himoyaçi uçun köp narsani anglatmaydi. U juda tajribali futbolçi. Rusça gapiradi, serb, rus mentalitetiga yaqin bölgan futbolçi. «Lokomotiv»da öynagani uni tezda Rossiya çempionatiga moslaşib ketişi uçun yordam beradi.
Futbolçining transferi klub uçun deyarli tekinga tuşganini eşitiş juda yoqimli. Albatta tekinga muşuk ham oftobga çiqmaydi, ammo u rasman erkin agent maqomida jamoaga kelib qöşildi. Uni Abramoviç qöyib yubordi. Buni Abramoviçning «Zenit»ga qilgan sovğasi deyiş mumkin.
U öng qanotda ham, markazda ham yaxşi öynay oladigan futbolçi. Aynan şu tipdagi futbolçi piterliklarga kerak edi. «Zenit»ga himoyani nazorat qilib turadigan Garay kabi futbolçi kerak edi. Endi bu işni Ivanoviç bajaradi. Ivanoviçda ajoyib zarba va töp uzatiş qobiliyati borliginiyam unutmaslik kerak», — degan Orlov «Exo Moskvy v Peterburge» radiosiga bergan intervyusida.











