2026 yil mayida Kiyevga borgan va Volodimir Zelenskiy bilan uçraşgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramoviç edi. Bu haqda Financial Times naşri vaziyatdan xabardor bölgan manbalarga tayanib xabar tarqatdi. Ukraina prezidenti aynan undan Vladimir Putinga özaro uçraşuv böyiça taklifni yetkazişni söragan.
Abramoviç katta uruş boşida ham Kiyev va Moskva örtasidagi muzokaralarda vositaçilik qilgandi. FT naşri 2022 yilda uni Putinning «işonçli vakili» deb atagan, Zelenskiy esa AQŞdan unga qarşi qöllanişi rejalaştirilgan sanksiyalarni keyinroqqa surişni söragandi. Financial Times naşrining tadbirkorga yaqin bölgan suhbatdoşlariga köra, hozirda roli yaqqol sezilmayotgan bölsa-da, u hamon muzokaralarda iştirok etmoqda.
«U şuning uçun kerakki, u ular toqat qila oladigan yagona rossiyalikdir. U hamma bilan til topişa oladi», – degan FT suhbatdoşlaridan biri. Abramoviçning fikriça, Zelenskiy «yetakçilar bilan uçraşuvda öz şaxsiy xarizmasi sehri orqali barçasini hal qila olaman» deb öylaydi.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Abramoviç Ukraina prezidentining harakatlarini KVNdagi «kapitanlar konkursi» bilan taqqoslaydi – Zelenskiy şou-biznes va siyosatga kirib kelişidan oldin KVN yulduzi edi. «Putin bunga mutlaqo qiziqmaydi. Bu Tramp uçun ham iş bermaydi. Ammo Zelenskiy bor e’tiborini şunga qaratgan», – deya qöşimça qiladi manba.
Ukrainalik ikki yuqori martabali mulozimning aytişiça, Zelenskiyning özaro uçraşuv haqida Abramoviç orqali may oyida yuborgan taklifi uning 4 iyun kuni e’lon qilingan oçiq xati bilan öxşaş bölgan. Ammo may oyidagi taklif ohangi «bu kabi duşmanona ruhda emasdi», deyişadi ular.
Ukraina prezidenti ofisidagilar bu borada izoh berişdan boş tortişgan. Kreml va Abramoviçning vakillari esa FT naşri sörovini javobsiz qoldirişgan.
Rossiyalik tadbirkorlardan biri Zelenskiy bilan uçraşiş uçun Kiyevga borgani haqida 5 iyun kuni Putin Peterburg xalqaro forumi yalpi sessiyasidagi çiqişida aytib ötgandi. U tadbirkorning nomini oçiqlamagandi. Rossiya prezidenti uç hafta muqaddam öşa tadbirkor Kiyevga keliş böyiça taklif olganidan xabardor qilgani, şundan keyin Kiyevga borib, Zelenskiy bilan uning qarorgohida uçraşganini aytgandi.
U qaytganidan keyin Putinga Zelenskiy uçraşuv sörayotganini yetkazgan. Bunga javoban Putin heç qaçon uçraşuvdan boş tortmasligi, ammo «quruq gap sotiş»dan ma’no körmayotganini aytgandi.














