Yoxannesburgda bölib ötayotgan kriket böyiça jahon çempionatining 3-uçraşuvi stadionga uçib kelgan arilar galasi tufayli töxtatildi, deb xabar bermoqda The Guardian naşri.

Voqea Şri-Lanka va mezbon JAR terma jamoalari örtasidagi uçraşuv vaqtida yuz bergan. JARlik sportçilar 115-4 hisobida oldinda borayotganlarida stadionda arilar galasi paydo bölgan. Öyinçilar arilardan berkiniş uçun yerga yotib olişlariga töğri kelgan.

Naşr ma'lumotlariga köra, arilarni xörak – bir çelak koka-kola va asal yordamida haydaşga harakat qilingan, biroq bu foyda bermagan. Oqibatda uçraşuv 1,5 soatga töxtatilgan va stadionga professional asalariçini çaqirtirişga töğri kelgan. Asalariçi arilarni yiğib olgaç, uçraşuv davom ettirilgan. Uçraşuvda JAR ğolib bölgan.