AQŞ Milliy xokkey ligasining "Vaşington kapitels" jamoasi sardori Aleksandr Oveçkin ligadagi uçraşuvlarda töplagan ming oçko uçun "Los-Anjyeles" bilan uy uçraşuvidan oldin "oltin klyuşka" bilan taqdirlandi.  

31 yoşli rossiyalik xokkeyçini taqdirlaş marosimida uning oilasi, "Vaşington" klubi egasi Ted Leonsis, xokkeyçiga oltin klyuşkani taqdim qilgan klub prezidenti Dik Patrik va xokkeyçiga "Tiffani" kristallini topşirgan MXLning katta vitse-prezidenti Jim Gregori iştirok etdilar.

Oveçkin 12 yanvarda MXL tarixida muntazam çempionatlarda 1000 oçko töplagan 84-xokkeyçi böldi.

Rossiyalik MXLdagi iştirokini 2005-2006 yillardagi mavsumda boşlagan. Xokkeyçining hisobida hozirda çempionatlarda ötkazilgan 891 ta öyin va 1013 oçko (550 ta şayba + 463 ta uzatma) mavjud.