Turkiya şimoli-ğarbidagi Çanaqqal'a viloyatida 5,3 ball magnitudali takroriy yer silkinişi röy berdi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Yer qimirlaşi mahalliy vaqt bilan 13.58da sodir bölgan. Vayronalar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq.

Avvalroq Yevropa Örta yer dengizi seysmologiya markazi Turkiyaning ğarbiy qirğoqlarida 5,2 magnitudali yer silkinişi röy bergani haqida xabar bergandi. Uning öçoği Ayvojiq şahridan 26 kilometr ğarbda va Izmir şahridan 156 kilometr şimoli-ğarbda bölgan. 

Xabar qilinişiça, Ayvojiq şahri yer silkinişidan ayniqsa köproq jabrlangan, u yerda bir neça inşoot qulab tuşdi hamda tört inson jarohat oldi. Şaharga favqulodda vaziyatlar böyiça boşqarma xodimlari yetib kelgan, qidiruv-qutqaruv işlari davom ettirilmoqda.