Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari” yangi treylerida paydo bo‘ldi

Hollivudlik aktyor Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar ertak so‘ylamaydi” yangi filmining treylerida paydo bo‘ldi. Rolik Amerika milliy futbol ligasi mavsumi final uchrashuvi – Superboul vaqtida ko‘rsatilgan. U, shuningdek, Disney Movie Trailers’ning YouTube’dagi sahifasida ham taqdim etildi.
Depp yana kapitan Jyek Chumchuq timsolida paydo bo‘ladi. U yetakchisi kapitan Salazar (Xaver Bardem) bo‘lgan arvoh-qaroqchilarga qarshi kurashadi. Treylerda voqealar rivoji Jonni Keshning Ain't No Grave qo‘shig‘i sadolari ostida yuz beradi.
Kartinada, shuningdek, Jyeffri Rash, Orlando Blum, Kaya Skodelario, Stiven Grem, Brenton Tueytslar rol ijro etgan.
Film Amerikada 2017 yilning 26 may kuni keng omma e'tiboriga havola etiladi.

So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi
Jahon | 18:26
-
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Jahon | 18:22
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
-
Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda «layk» bosganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilindi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

19:46 / 07.12.2018
«Qasoskorlar: Intiho» filmining ilk treyleri namoyish etildi

18:40 / 07.11.2018
SCORPION filmining treyleri 1 million martadan ortiq tomosha qilindi

22:41 / 28.10.2018
Jonni Depp «Karib dengizi qaroqchilari» filmining yangi qismida suratga tushmaydigan bo‘ldi

09:20 / 22.01.2018