Jalolobod viloyatining Suzoq tumanida Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temiryöli qurilişi loyihasi doirasida balandligi 122 metr bölgan köprik qurilmoqda.

Keç-Olot daryosi ustidan ötuvçi köprikning umumiy uzunligi 956,67 metrni, eng baland tayançining balandligi 96 metrni, köprikning umumiy balandligi esa 122 metrni taşkil etadi.

Xabar qilinişiça, ayni paytda köprik poydevorini quyiş işlari töliq yakunlangan. Tayanç va ustunlarni quriş işlari esa 54 foizga bajarilgan.

Xitoy-Qirğiziston-Özbekiston temiryöli Xitoyning şimoli-ğarbiy qismidagi Şinjon-Uyğur muxtor viloyatidagi Qaşğardan boşlanadi va Torugart dovoni orqali Qirğizistonga kiradi. Söngra esa ğarbga qarab yönaladi va Özbekiston şarqidagi Andijon şahrida tugaydi. Temiryölning umumiy uzunligi 500 kilometrdan oşadi, şundan 304,84 kilometri Qirğiziston hududidan ötadi.

Avvalroq Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat orqali yuklarni tranzit qiliş hisobiga byudjetga kamida 400–500 mln dollar sof daromad tuşişi mumkinligini aytgandi.