Rossiya prezidenti Vladimir Putin 5-sentabrdan boshlab uch kun davomida Kiyevga zarba bermaslik toʻgʻrisida buyruq berdi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning soʻzlariga koʻra, bu Kiyevga amerikalik muzokarachilarning tashrif buyurishi bilan bogʻliq.

5-sentabr kuni AQSH Qurolli kuchlarining maxsus bortida prezident Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner Moskvaga keldi.

Ularning tashrifi haqida avvalroq ommaviy axborot vositalari xabar bergan, Tramp bu maʼlumotni tasdiqlagandi.

Amerikalik muzokarachilar 5-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishadi, ertasi kuni esa Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokara oʻtkazish uchun Kiyevga yoʻl olishadi.