Bir vaqtlar maşhur basketbolçi bölgan Dennis Rodman yöl-transport hodisasini keltirib çiqarişga uringani uçun jazolandi. Unga 3 yilga şartli ravişda ozodlikdan mahrum qilingan va 30 soatga axloq tuzatiş işi tayinlangan. Bu haqda, Associated Press agentligi sobiq öyinçining advokati Pol Meyyerga tayangan holda xabar qilmoqda.
Avtomobil boşqariş qoidasini buziş, ajratib turuvçi çiziqni bosib ötiş, qarama-qarşi yölak böyiça harakatlaniş hamda politsiyaga yolğon ma'lumot berişda ayblangan Rodman barça aybiga iqror bölgan. Voqea joyidan qoçiş böyiça ayblov undan olingan.
Qayd etiş joiz, 55 yoşli Rodman Kaliforniya ştati Orinj okrugi Oliy sud bölimi majlisida şaxsan iştirok etmagan, balki advokati vositasida aybiga iqror bölgan.
Hodisa 2016 yil 20 iyulda Santa-Ana şahri şossesida röy bergan. Prokuratura ma'lumotlariga köra, Rodmanning yöltanlamasi yarim tunda yölning qarama-qarşi yölagiga çiqqan va qarşidan kelayotgan avtomobil haydovçisini YTH sodir etmaslik uçun xavfli manyovrni bajarişga majbur qilgan. Advokatning qayd etişiça, voqea yölning çiziqlari yaxşi körinmaydigan qismida yuz bergan.
Rodman Milliy basketbol assotsiatsiyasida 2000 yilgaça faoliyat yuritgan, 2006 yilda sport bilan xayrlaşgan. U «Detroyt», «San-Antonio», «Çikago», «Los-Anjyeles Leykers» va «Dallas» jamoalari şa'nini himoya qilgan. U ikki marta liganing eng yaxşi himoyaçisi bölgan.









