Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017—2021 yillarda Özbekistonni rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakat strategiyasi haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda «Özbekiston» telekanali «Axborot» körsatuvida xabar berildi.
Farmon loyihasi yanvar oyining ikkinçi yarmida normativ-huquqiy aktlar muhokamasi portaliga muhokama uçun joylaştirilgandi. Hujjat ekspertlar va jamoatçilikning keng muhokamasidan ötdi.
Strategiya loyihasi dolzarb hamda aholi va tadbirkorlarni taşvişga solayotgan masalalarni kompleks örganiş, qonunçilik, huquqni muhofaza qiliş amaliyoti va xorijiy tajribani tahlil qiliş yakunlari böyiça işlab çiqilgan.
Harakatlar strategiyasi 5 bosqiçda amalga oşirilib, ularning har biri böyiça yil nomlanişidan kelib çiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlaşni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilindi.
Bugun imzolangan farmonda davlat va jamiyat qurilişi tizimini takomillaştirişning 5ta ustuvor yönalişi keltirilgan:
- Demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş va mamlakatni modernizatsiya qilişda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuçaytiriş;
- Qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş;
- Iqtisodiyotni rivojlantiriş va liberallaştiriş;
- Ijtimoiy sohani rivojlantiriş;
- Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaş hamda çuqur öylangan, özaro manfaatli va amaliy taşqi siyosat sohasidagi ustuvor yönalişlar.











