Amerikalik aktyor Jyek Nikolson yetti yillik tanaffusdan keyin katta ekranlarda paydo böladi. U "Oskar"ga nomzodi qöyilgan "Toni Erdmann" filmining ingliz tilidagi rimeykida suratga tuşadi. Associated Press şu haqida xabar berdi.
Manbaga köra, kartinada amerikalik aktrisa Kristen Uig ham suratga tuşadi. Kristen "Marslik", "U" va ""Uolter Mittining ajoyib hayoti" filmlaridagi rollari bilan tanilgan.
Bundan avval germaniyalik Maren Adening "Toni Erdmann" filmi "Xorijiy tildagi eng yaxşi film" nominatsiyasida "Oskar" mukofotiga nomzod bölgan edi. Komediya janridagi filmda nafaqaxör otaning konsalting kompaniyasida top-menejyer bölib işlaydigan qizi bilan munosabatlari yoritilgan.
Ta'kidlanişiça, kartina 2016 yilda Fransiyaning "Sezar" kinomukofotiga nomzod bölgan.
Yanvar oyida aktyor Piter Fonda Nikolsonning nafaqaga çiqqani haqida ma'lum qilgandi.









