Mamlakatimizda mehmon bölib turgan Çexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi Ya.Gamaçek boşçiligidagi delegatsiya a'zolari 8 fevral kuni Samarqand şahriga taşrif buyurdi. 

Mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasida Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Özbekistonning Birinçi Prezident qabriga gul qöyilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Bu haqda ÖzA agentligi xabar qilmoqda.

Şundan söng, delegatsiya a'zolari Mirzo Uluğbek rasadxonasi, Xöja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasida bölişdi. 

Registon majmuasi va bu yerda namoyiş etilgan milliy hunarmandçilik mahsulotlari körgazmasi mehmonlarda katta qiziqiş uyğotdi. Mehmonlar bunday noyob me'moriy obidalarni bunyod etgan buyuk ajdodlarimiz aqlu zakovati va uni bezavol asrab kelayotgan bugungi avlodning tariximizga munosabatiga yuksak baho berdi.