Italiyada qochqinlarga bepul ishlash taklif qilindi

Italiya ichki ishlar vaziri Marko Manniti qochqinlarga haq to‘lanmaydigan ish o‘rinlari taqdim qilishni taklif qildi. Bu haqda 8 fevralda Il Sole 24 Ore nashri ma'lum qildi.
"Qochqin maqomini olish uchun murojaat qilganlardan Yevropa jamg‘armalari moliyalashtirishi mumkin bo‘lgan jamoatchilik ishlarida foydalanish kerak", deb aytgan vazir parlamentdagi nutqida.
Uning aytishicha, "bu mehnat bozorida nomutanosiblik yaratmaydi, chunki bu ish bepuldir". Minnitining aytishicha, Italiyaning har bir viloyatida vataniga qaytarilmoqchi bo‘lgan qochqinlar saqlanadigan markazlar ochiladi. Bunday markazlar 1,6 minggacha odamni sig‘dira oladi.
Vazirning ta'kidlashicha, mehmondo‘stlik "cheksiz bo‘la olmaydi". "Boshpana haqida so‘rovlarni ko‘rib chiqish uchun ketadigan vaqtni qisqartirish kerak, ikki yil bu boshpana so‘raganlar uchun ham, jamiyat uchun ham juda uzoq vaqtdir", deb o‘z so‘zlarini intiholadi vazir.
RIA “Novosti” axborot agentligining ta'kidlashicha, Italiyaga 2016 yilda O‘rta yer dengizi orqali rekord darajadagi muhojirlar – 181 mingdan oshiqroq odam kelgan.
Mavzuga oid

21:58 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi

11:51 / 21.04.2025
Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni O‘zbekistonga tashrif buyuradi

11:53 / 14.04.2025
Abdulaziz Komilov Italiya ordeni bilan taqdirlandi

11:54 / 31.03.2025