Dortmundning «Borussiya» jamoasi hujumçisi Per-Emerik Obameyang yozda klubini tark etişi oydinlaşmoqda.
Uşbu 27 yoşli hujumçiga «Real»dan taşqari, Angliyaning «Liverpul» va «Mançester Siti» jamoalari ham da'vogar bölib turibdi. The Sun xabariga köra, mersisaydliklar jamoasi vakillari yaqin vaqtlar içida bu futbolçining transfer borasida muzokaralarga kirişadi.
Goal.com portali xabariga köra, dortmundliklar jamoasi gabonlik futbolçini 70 million yevroga sotişga tayyor.
Futbolçining özi esa bir neça marta «Real» klubi safida öynaşni orzu qilişi haqida aytgandi, şu tufayli u uçun raqobatda madridliklar jamoasining imkoniyatlari köproq. Uning nemislar jamoasi bilan amaldagi şartnomasi muddati 2020 yilgaça tuzilgan.
Obameyang joriy mavsumda barça turnirlar doirasida 24 uçraşuvda maydonga tuşib, 21 gol urdi va 2 golga hammualliflik qildi.













