Ötgan yili #Navoiy575 va #BoburDay heşteglarini dunyo trendiga olib çiqqan «E-yoshlar» guruhi bu yil ham bu işni takrorladi.

Bugun, şoir Alişer Navoiy tavalludining 576 yilligiga bağişlangan uşbu aksiyaga qöşilgan Twitter foydalanuvçilari soat 9:00dan boşlab #NavoiyDay heştegi bilan tvitlar yoza boşlaşdi.

Aktsiyada, şuningdek, Facebook va Instagram foydalanuvçilari ham öz postlarida uşbu heşteglarni işlatgan holda qatnaşişdi.

Aktsiya taşabbuskorlari heşteg trendga olib çiqilganini isbotlovçi skrinşotlarni keltirişgan.

«E-yoshlar» guruhi 14 fevral kuni #BoburDay‬‬ heştegini trendga olib çiqişni maqsad qilgan. Şu kuni 14:00 dan boşlab ijtimoiy tarmoqda mazkur heşteg bilan post qoldirilişi boşlanadi.