Rossiyaning Omsk şahrida tibbiyot universiteti talabalari kommunal xizmat xodimlarining ğayritabiiy işini tasvirga tuşirişdi. Ular şahar köçalaridan biriga qor taşlaş bilan band bölişgan. 

Rolikda işçilar yuk maşinasi kuzovidan qorni yölning qatnov qismiga yaqin joyiga taşlaşayotganini köriş mumkin.

Omsk ma'muriyati matbuot xizmatining xabar berişiça, qor maysalarga köp yillik ösimliklar muzlab qolmasligini uçun atayin taşlangan.

“Omsk şahrining “Yöl xöjaligi va obodonlaştiriş boşqarmasi” byudjyet  taşkiloti mutaxassislari tomonidan sovuq ob-havo tufayli qor qatlamini tiklaş böyiça çoralar qabul qilindi. 7 fevraldan boşlab maydonlardan yiğib olingan toza qorni ösimliklar ötkazilgan joylarga yetkazib beriş böyiça işlar olib borilmoqda”, deya xabar berdi Omsk ma'muriyati matbuot xizmati.