Prezident Şavkat Mirziyoyev 16 oktyabr kuni yöl xöjaligi sohasida qilingan işlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanişdi.

Taqdimotda sohadagi loyihalar va rejalar haqida axborot berildi.

BMT tahliliga köra, sifatli yöllar Özbekiston iqtisodiyotining kamida 2 foiz ösişiga turtki beradi. Bugungi kunda xalqaro moliya taşkilotlari bilan 729 kilometr yölni rekonstruksiya qiliş böyiça 6 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda «Qönğirot-Beynau» yönalişidagi 240 kilometr yöl foydalanişga topşiriladi. Şuningdek, Guliston – Andijon, Duşanbe – Termiz, Buxoro – Turkmanboşi, Urganç – Hazorasp yöllarining muayyan qismlari qayta quriladi.

Davlat rahbari sohadagi muhim vazifalarni körsatib ötdi.

– Özbekistonning geografik joylaşuvini e’tiborga olsak, taşqi savdoda xalqaro yöllarning ahamiyati juda katta. Şu bois Andijon bilan Qönğirotni, Termiz bilan Toşkentni boğlaydigan jami 4 ming kilometrlik xalqaro yöllarimiz eng yuqori talablarga javob berişi şart, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Toşkent-Samarqand va Toşkent-Andijon oraliğidagi pulli yöl loyihalarini jadallaştiriş, ularni qatnov darajasi yuqori bölgan uçastkalarda quriş zarurligi qayd etildi. Bunday hollarda muqobil bepul yöl mavjud bölişi alohida qonun bilan belgilanadi.

Bugungi kunda 4 ming 700 ta köprik ta’mirtalab holatda. Uç yillik dastur işlab çiqib, ularni bosqiçma-bosqiç ta’mirlaş vazifasi qöyildi.

Hududlarda yöl böyi infratuzilmasi rivojlantirilib, savdo va xizmatlar taşkil qilinmoqda. Taqdimotda aytilganidek, bunga qöşimça qariyb 4 ming kilometrlik xalqaro avtomagistrallarda 70 ta servis majmuasi barpo etiladi.

Yöl va suv tarmoqlari kabi infratuzilmaviy loyihalarda xalqaro moliya institutlari bilan yaqindan işlaş, xorijiy konsultantlarni jalb etiş böyiça körsatmalar berildi.