Britaniya temir yo‘llari yuqori texnologiyalar yordamida kuchaytiriladi

Insoniyat qachongacha fazoga parvoz qilish bilan kun kechiradi, axir yerdagi transport vositalarini ham unutmaslik darkor. Masalan, temir yo‘llar haqida qayg‘urish lozim. Buyuk Britaniyaning temir yo‘l kompaniyalari assotsiatsiyasi Rail Delivery Group rahbariyati, ushbu soha yuqori darajada texnologik bo‘lishi kerak va bu borada muhim o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim, degan to‘xtamga keldi. Poyezd – albatta, fazoviy kema emas, ammo bu yo‘lovchilarga qator qulayliklarni taqdim etmaslikka bahona bo‘la olmaydi.
Birinchi o‘zgarish chiptalar tizimida o‘tkaziladi. An'anaviy qog‘ozli chiptalarni elektron namunalarga almashtirish rejalashtirilgan. Ularni Bluetooth va maxsus ilova yordamida aniqlash mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, elektron chiptalarni yo‘lovchilarning biometrik pasportlari ko‘rsatkichlariga kiritib qo‘yish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. Poyezdlarning barchasi simsiz tarmoqlar vositasida yagona tizimga birlashadi. Bu esa, ularning o‘zaro manziliga doir ma'lumotlarni ulashish imkonini beradi.
O‘zgarishlar nafaqat temir yo‘llarning elektron jihatiga qaratiladi. Qulaylik va samaradorlik xususida ham hech kim unutgani yo‘q. O‘rindiqlarning yangi namunasi ularning sonini 20-30 foizga oshiradi. Shu bilan birga, tig‘iz vaqtlarda tiqilinchlarning oldini olish uchun 20 foiz vagon hududini bo‘shatadi. Agar assotsiatsiya tomonidan taqdim qilingan loyiha hayotga tatbiq etilsa, yaqin kelajakda Britaniya poyezdlarida ko‘zni skan qilish yoki barmoq izini olish bilan chiptalarni tekshirayotganiga guvoh bo‘lsak ajab emas.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

23:00 / 12.05.2025
Britaniya bosh vazirining uyida yong‘in chiqdi - The Times

19:47 / 12.05.2025
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi

14:24 / 12.05.2025
Londonda TIV rahbarlari darajasida Ukraina bo‘yicha uchrashuv o‘tkaziladi

10:17 / 10.05.2025