“Ilm - aql çiroği” deyişadi, biroq buni hamma ham tuşunavermaydi. Rivojlangan mamlakatlarda yaşovçi maktab öquvçilarining yarmi darslarni qoldirişadi. Ularni yangi ayfon relizi va kompyuter öyinçoqlarini yangilaşdan boşqa narsa qiziqtirmaydi. Ularçalik omadi kelmasa-da, öqişga iştiyoqi kuçli bolalarning ba'zilari har kuni şu qadar murakkab va xavfli yöllarni kesib ötişadiki, ularni Ironman musobaqasi iştirokçilariga qiyoslaş mumkin. Bilimga taşnalik - quruq söz emas. Siz real misollar orqali bolalarning öqişga bölgan istagini baholaşingiz mumkin. Idoradagi "kulergaça yurib boriş" emas, aynan şu bolalarning har kuni tösiqlarni mardonavor yengib ötişi -  maqsad sari intiliş deyiladi.

 

Megxalaya, Hindiston

Hindistonning Megxalaya ştatida tahsil oluvçi bolalar maktabgaça yetib keliş uçun tropik örmon va daraxt şoxlari hamda toşlardan yasalgan köprikdan ötişga majbur. Bilim olişga bölgan iştiyoq bolalarga maktabgaça eson-omon yetib olişga yordam beradi.

 

Gulu, Xitoy

Xitoyda Gulu qişloğida bolalar maktabga kengligi 60 santimetrgina bölgan toş yölakdan borişadi. Yuqorida osma qoyalar, pastda esa jarlik. Şunday bölsa-da, bolalar har kuni ertalab qönğiroqqaça yetib kelişadi. Agar farzandingiz maktabga borgisi kelmay, yomğir yoki qorni bahona qilsa, unga şu suratni körsating.

 

Zanskar, Hindiston Himolayi

Zanskar qirolligida yaşovçi bolalar 30 darajali sovuqda maktabga ketişmoqda. Bilim öçoğiga olib boradigan yöl çuqur daryo orqali ötadi. Ba'zan daryodagi muz şu qadar yupqa böladiki, u hatto 10 kilogramm vaznli boladan ham yorilişi mumkin. Öquvçilar har kuni ertalab maktabga boriş uçun 2,5 soat sarflaşadi, qaytişda yana şunça vaqt. Ular maktabda tunaşiga töğri kelgan kunlar ham böladi, çunki daryo qirğoqlariga qalin tuman tuşadi va yöllardagi xavf yanada oşadi.

 

Lebak, Indoneziya

Lebak okrugida ta'lim oluvçi maktab öquvçilari har tongda daryo orqali ötgan osma köprikdan ötişadi. Bu köprik deyarli 150 yil ilgari qurilgan, u bir neça marta qayta ta'mirlangan, biroq yillar öz ta'sirini körsatmay qolmaydi. Unda harakatlaniş tobora qiyinlaşib bormoqda. Yaqinda pölat işlab çiqaruvçisi bölgan PT Krakatau Steel bolalar uçun köprik quriş istagi haqida ma'lum qildi. Hozirda mazkur loyiha amalga oşirilmoqda.

 

Nyu-Dehli, Hindiston

Nyu-Dehlidagi tumanlaridan birida yaşovçi bolalarni maktabga olib boruvçi avtobus yöq. Ular maktabgaça eşak aravada borişga majburlar. Yöl ba'zan juda çözilib ketadi, çunki eşak har doim ham 100-500 bolani taşigisi kelmaydi.

 

Şjyen Çuan, Xitoy

Şjyen Çuandagi xitoylik öquvçilar har kuni ertalab jarlikdan kötarilişadi. Bu yerda maxsus narvonlar bor. Bunday kaskadyorlik tryuklaridan foydalanmasa ham böladi, biroq maktabga olib boruvçi boşqa yöl 4 soatni band etadi.

 

Kolumbiya

Kolumbiyadagi qişloqlardan birida yaşovçi bolalar maktabga boriş uçun “tarzanka”dan ötişlariga töğri keladi. Ularningi qonidagi adrenalin darajasini tasavvur qilib köring. Agar “tarzanka”ga biror nima bölsa, u holda bola daryoga yiqilib, halok böladi.

 

Kilangkap, Indoneziya

Indoneziyaning Kilangkap okrugidagi öquvçilar maktabga yetib oliş uçun daryoni ingiçka sollarda kesib ötişadi. Aslida bu yerda daryo orqali ötuvçi köprik bölgan, biroq 2013 yildagi suv toşqini uni yöq qilgan. Yangi köprik loyihasi tayyor, lekin uni qurişga heç kim şoşilayotgani yöq. Şunday bölişiga qaramay, öquvçilar maktabga qatnaşni kanda qilişmaydi, çunki bu yerda maktabni tugatgan odam bilimli inson hisoblanadi. Universitetga kiruvçilar esa - milliy qahramon.

 

Paylay, Xitoy

Xitoyning Paylay şaharçasidagi maktab-internatga boriş uçun 2 kun davomida atrofdagi qişloqlardan ötişga töğri keladi – bu 128 kilometr deganidir, ulardan 650 metrini qoyalar taşkil qiladi. Bundan taşqari 4 ta köprikni ham kesib ötiş kerak.

 

Sumatra, Indoneziya

Sumatralik maktab öquvçilari har kuni daryodan 4 metrlik kanat yöldan ötişga majburlar. Çin ma'noda dadil bu bolalar 10 daqiqada professional akrobatlarning hammasi ham uddasidan çiqa olmaydigan murakkab tösiqni yengib ötişadi. Kimdir tuşib ketsa, şarşarada omon qolmasligi muqarrar.