Avtomobillardagi qöşimça ğildiraklar nafaqat yöltanlamas va yuk maşinalarida asqotadi, balki xetçbek, sedan, oilaviy universal va hatto poyga maşinalari uçun ham ortiqçalik qilmaydi. Quyida namoyiş etiladigan suratlar fikrimiz isbotidir.

Tyrrell P34 ehtimol, olti ğildirakli eng maşhur poyga avtomobili bölsa ajab emas. Tyrrell P34 Formula 1 çempionatining ikki mavsumida töliq qatnaşib, 1976 yilda Şvetsiya Gran prisiga sazovor bölgan.

Uşbu March 2-4-0 Formula poygalari uçun işlab çiqilgan bölsa-da, ularda iştirok eta olmadi. Loyiha yopilişiga uzatmalar qutisida paydo bölgan nuqson sabab böldi.

Williams FW08B Formula birinçiliklaridagi olti ğildirakli sönggi tajriba hisoblanadi. March modelidan farqli ravişda Williams prototipi sinov vaqtida tezkor va işonçli ekanini namoyiş qildi. Ammo, poygada qatnaşa olmadi, bunga 1983 yilda yangilangan qoidalar yöl qöymadi.

Ta'kidlaş joizki, olti ğildirakli avtomobillarni faqatgina Formula 1 poygalari körgani yöq. 1948-49 yillarda «Indianapolis-500» poygasida Pat Clancy Special iştirok etgan. Uning orqa ğildiraklari yetakçi bölgan.

Alfa Romeo T33/6/12 öziga xos tarixga ega. Uç öqli avtomobilni Silverstoundagi sinov kunlarining birida tuşlik vaqti öğirlab ketişdi. Öğrilar esa, raqiblar yoki olibqoçarlar emas, ösmirlar edi. Maşinani tezda topişdi, ammo uning motori ... afsuski, dvigatelni topa olişmadi.

Italiyaning Covini C6W sportkari mualliflari Tyrrell bolididan ilhomlanişgan. 4.2 litrli V8 motori soatiga 300 kmgaça harakatlaniş imkonini beradi.

Qayd etiş joizki, ikkinçi jahon uruşiga qadar ham 6 ğildirakli avtomaşinalar işlab çiqişga muvaffaqiyatli urinişlar bölgan. Hispano-Suiza H6A Victoria Town Car şulardan biri. U Barselonada Hispano-Suiza kompaniyasi tomonidan Gretsiya qiroli Georg Ikkinçi buyurtmasi asosida işlab çiqilgan.

Tissier Citroen CX avtomobil yöllari orqali yuklarni zudlik bilan yetkaziş maqsadida işlab çiqilgan. Albatta, uçinçi öq uning tezligiga emas, yuk kötariş xususiyatiga yordam berdi. SX modelining tez yordam, ğildaraklardagi uy, aeroportlar uçun maxsus namunalari işlab çiqildi.

Leotard Renault 5 muallifi Kristian de Leotard ham maşinasiga Tissier kabi qöşimça öq qöşişni istadi. Buning uçun u Renault avtomobilini oldi. Leotard Renault 5 modelining olti ğildiragi ham yetakçi edi va aksar maşinalar öta olmaydigan yöllarda harakatlana olardi.

Panther 6 1977 yilda dunyo yuzini körgan. Unga 8,2 litrli Cadillac motori örnatilgan. aytişlariça, Panther 6 soatiga 300 kmdan ortiq tezlikda harakatlana olgan. Biroq, buni isbotlovçi rasmiy dalillar yöq.

Mini XXL 2004 yilda foydalanişga topşirildi. Afinadagi Olimpiya öyinlari munosabati bilan işlab çiqilgan Mini 6 metrga uzaytirilgan. Uning içida mini-bar, televizor va ikki kişilik unça katta bölmagan hovuzça ham bor.

Briggs & Stratton Gasoline/Electric Hybrid, aytiş mumkinki, öz davrida Briggs & Stratton kompaniyasining kelajak avtomobili borasidagi qaraşlarini mujassamlaştirgan. Unga örnatilgan elektr qurilma yordamida 90 kmgaça yuriş mumkin edi. 2 silindrli benzinli motor vositasida bu raqam 320 kmga yetadi.

1978 yilda namoyiş qilingan Sbarro Function Car kontsepti Cadillac Eldorado platformasidagi mobil ofis namunasidir. 3 tonnali avtomobilni 8.2 litrli, 350 ot kuçiga ega V8 motori harakatga keltirgan. Uning bortida 4ta ulkan örindiq, iş stoli, televizor va telefon aloqasi mavjud. Jami 25 dona işlab çiqiş rejalaştirilgan, ammo buyurtma tuşmagan.

Olti ğildirakli avtomobillar borasida FAB 1 modelini yodga olmaslik mumkin emas. FAB 1 özining körinişi bilan Ford Thunderbird modelini yodga soladi va uzunligi 8 metrni taşkil etadi. Şu bilan birga, u tuproqli va asfalt yölda bir xil harakatlanadi.

Nautilus yana bir kinematografiyada suratga tuşgan avtomobillardan yana biri. Uni «Ajoyib janoblar ligasi» filmida köriş mumkin. Land Rover şassisida barpo etilgan Nautilus uzunligi 6.7 metrni, eni 2.7 metrni taşkil etadi.









