NATO Rossiyani öz nazoratidagi OAV orqali soxta axborotlar tarqatib, eskalatsiya kampaniyasi olib borişda aybladi. Bu haqda Şimoliy Atlantika alyansi matbuot kotibi Oanu Lungeskuga asoslanib Reuters agentligi xabar tarqatdi.
«NATO Rossiya propagandasi sezilarli darajada ösganini qayd etdi. Bu 2014 yilda Qrimning Rossiya tarkibiga qöşib olinişi ortidan röy berdi», — degan Lungesku xonim.
Uning sözlariga köra, NATO va Yevropaning rasmiy şaxslari Rossiya televideniyesi va internet saytlari orqali soxta xabarlar keng kölamda tarqatilişi tufayli aziyat çekişmoqda hamda xavotirlanişmoqda.
Uning qöşimça qilişiça, bunday iş bilan Sputnik va RT naşrlari şuğullanmoqda. Lungesku xonimning sözlariga köra fevral oyida ham Life portali dezinformatsiyaga (yolğon xabar tarqatiş) qöl urdi. Öşanda NATO Boş kotibi Yyens Stoltenbergning özini Ukraina prezidenti Petro Poroşenko sifatida körsatgan prankerlar Leksus va Vovan bilan gaplaşgani haqida xabar berilgandi.
«Bunday muloqot heç qaçon bölmagan, bu dezinformatsiyaga yaqqol misol», — degan NATO vakili.
Kreml, Rossiya hukumati, Sputnik, RT va Life naşrlari Lungeskuning bu ayblovlariga munosabat bildirişmadi.









