Qatar Yulduzlar ligasida 20-turidan örin olgan uçraşuvlardan birida «Al-Jaiş» autsayderlardan biri «Al-Şahaniya» mehmoni böldi.

Özbekiston terma jamoasi yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov tomonidan kiritilgan ikkita gol mehmonlarga ğalaba keltirdi.

Uçraşuvda Sardor Raşidov 90 daqiqa harakat qildi. Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda u boşqa futbolçiga almaştirildi.

Uşbu ğalabadan keyin  «Al-Jaiş» hisobidagi oçkolar soni 39taga yetdi. Jamoa hozirda turnir jadvalida 4-örinda bormoqda. 

Qatar Yulduzlar Ligasi. 20-tur
«Al-Şahaniya» — «Al-Jaiş» 1:2 (0:1)
Gollar: Fahad Xalfan (69) - Sardor Raşidov (42, 62).