Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev «Mir» telekanaliga bergan intervyusida respublika Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga nima uçun a'zo bölib kirgani va bundan mehnat muhojirlari qanday manfaat körgani haqida gapirdi.
Uning sözlariga köra, Qirğizistonning ittifoqqa a'zo bölişi mehnat muhojirlarining hayotini yengillaştirgan.
«Agar ittifoqqa kiriş masalasi bugun qöyilganida ham, albatta, biz bu ittifoqqa kirgan bölardik. Avval ham bizning fuqarolarimiz Rossiyaga borişar edi. Rossiyaliklarni ranjitişni istamagan holda aytamanki, ularga Rossiyada qul kabi munosabatda bölişgan, hozir esa vaziyat butunlay boşqaça», — degan Almazbek Atambayev.
«Ular Rossiya va Qozoğiston hududida 30 kungaça qonuniy böliş huquqiga ega. Ular xotirjam holda iş izlaşlari mumkin — bizning diplomlar u yerda tan olinadi», — degan Qirğiziston prezidenti.
«Tasavvur qiling, siz mamlakat prezidenti bilan intervyu qiliş uçun kelgan vaqtingizda boşqa bir joyda yoş yigit yoki qiz notaniş davlatga yöl oladi. Uni plantatsiyada işlatişlari ham mumkin bölsa? Şuning uçun, YeOIIga a'zo bölib kirişimiz ijobiy qadam bölgan deb aytiş mumkin», — deya qayd etgan Almazbek Atambayev.
Qirğiziston 2015 yil avgustida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qöşilgandi. Mamlakat Armaniston, Belarus, Qozoğiston va Rossiya qatorida uşbu tuzilmaning tölaqonli a'zosiga aylangan.











