Amerikanning Ford Motor avtomobil işlab çiqaruvçisi Argo AI startapiga 1 mlrd dollar miqdorida sarmoya kiritadi. U muqobil (haydovçisiz harakatlana oladigan) avtomobillar uçun «virtual haydovçilar» işlab çiqariş bilan şuğullanadi. Bu loyiha bilan Google va Uber kompaniyalarining sobiq xodimlari şuğullanmoqda, deyiladi avtokonsern xabarida. 

Argo AI bu mablağni 5 yil mobaynida bosqiçma-bosqiç oladi. Tomonlar 2021 yilga kelib Argo AI texnologiyasi qöllaniladigan Ford avtomobilini taqdim etişni rejalaştirgan. 

Argo AI Ford kompaniyasiga şö'ba korxonasi sifatida qöşiladi. Biroq, u öz jamoasi va mustaqilligini saqlab qoladi, deyiladi xabarda. 2017 yilda startap 200 nafargaça xodimni yollamoqçi ekani aytilmoqda. 

Argo AI startapiga 2016 yilda Uber kompaniyasining sobiq xodimi Piter Render va Brayn Seylski tomonidan asos solingan. Seylski Google kompaniyasining muqobil avtomobil loyihasi ustida işlagan edi. 

Center for Automotive Research tahlilçisi Erik Pol Dennisning sözlariga köra, u Ford kompaniyasi bilan hamkorligi e'lon qilinişidan avval, Argo AI xususida eşitmagan, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. 

Mashable portalining yozişiça, Ford kompaniyasining bu harakati uşbu yönalişni rivojlantirayotgan Tesla, Uber, Waymo va boşqa kompaniyalar qatorida qolişga urinişidir.