Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrikladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovni Turkmaniston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
«Yaqinda bo‘lib o‘tgan saylov natijalari Turkmanistonning farovonligi, jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi uchun Sizning uzoqni ko‘ra biladigan rahbarligingiz ostida olib borilayotgan chuqur o‘ylangan va samarali ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy islohotlarga turkman xalqi tomonidan yuqori ishonch bildirilganligining va to‘liq qo‘llab-quvvatlanishining yana bir yorqin ifodasi», deyilgan TIV saytida keltirilgan tabrik maktubida.
Bugun vaqt va hayot sinovidan o‘tgan O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik va totuv qo‘shnichilik rishtalari xalqlarimizning ko‘p asrlik yaqin munosabatlari asosida muvaffaqiyatli rivojlanib va mustahkamlanib borayotgani alohida ta'kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedovga mustahkam sog‘lik, salomatlik va mas'uliyatli davlat lavozimida yangi yutuqlar, birodar turkman xalqiga tinchlik va farovonlik tiladi.
Mavzuga oid
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi
21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi
19:31 / 06.10.2024