Avliyo Valentin kuni. Heç öylab körganmisiz, u nima – dunyodagi barça sevişganlar nişonlaydigan bayrammi yoki razolat, fahş tantanasi kunimi?
Bir narsa aniq, qadim zamonlardan to hozirgi kunga qadar özini çin ma'noda madaniyatli deb hisoblaydigan insonlar va xalqlar uşbu soxta bayramni nişonlaşni mantiqsizlik, kerak bölsa, iffat, or-nomus kabi nozik tuyğularga nisbatan hurmatsizlik, deb baholaşadi.
Aholi, ayniqsa, yoşlar orasida içkilikbozlik, axloqiy buzuqlikni tarğib qiliş, abortlar, giyohvandlik, niqoblanmagan yovuzlik – mana şular «Sevişganlar kuni»ning asl mohiyatini oçib beruvçi xatarlardir. Ma'lumotlarga qaraganda, zamonaviy insonga kerak bölgan eng muhim narsa «jinsiy yaqinlik erkinligi» ekanligi onglarga singdirilişi oqibatida sönggi yuz yil içida ginekologlarning kabinetlarida abortlar natijasida uruşlardagidan köra köproq jonlar qurbon bölgan. Bugunga kelib abort qilingan çaqaloqlarning töqimalaridan tibbiyotda, parfyumeriya mahsulotlari işlab çiqarişda va oziq-ovqat sanoatida foydalaniş taklif qilinmoqda.
«Sevişganlar kuni»da şu kuni sovğa qilinadigan gullar, tabrik otkritkalari, dil sözlari aks etgan oh-vohli şe'rlar ortida bugun özini jahon sivilizatsiyasi va demokratiya makoni, deb atayotgan Ğarbda yomğirdan keyingi qöziqorindek urçib borayotgan ayollarni kamsitiş, ularni tahqirlaş, bir jinsli aloqalarning va eng dahşatlisi «oila»larning tarğiboti, yolğon, qanday yöllar bilan bölmasin pul topiş kabi illatlar yaşirin.
Balki siz gapimizga işonmayotgandirsiz. Unda keling, tarixga nazar taşlaymiz. Qadimda har yili 15 fevralda fahş botqoğiga botgani bois asta-sekin çirib, poydevoriga putur yetib borayotgan Rim imperiyasida tiyiqsiz işqiy munosabatlar ilohasi Junna Fubriat şarafiga fahş va razolat asosiga qurilgan festival ötkazilgan. Guruh bölib işqiy munosabatga kirişiş, baçavozlik, hatto hayvonlar bilan yaqinlik kabi eng çirkin, iflos odatlarni tarğib qiluvçi festivalda iştirok etişga hamma oşiqardi. Şu kuni may içib mast bölgan erkaklar yalanğoç holda köçaga çiqib, ayollarni hökiz terisidan töqilgan qamçi bilan savalaganlar.
Eramizning 5-asri oxiriga kelib, Gelasiy I rahbarligidagi Rim çerkovi uşbu bayramni taqiqlaşga harakat qilib köradi. Eng qiziği, bu borada çerkov ğayriodatiy yöl tutadi, ya'ni bayramni 15 fevraldan 14 fevralga köçirib, avliyo Valentinni uşbu bayramning ilohiy rahnamosi deb e'lon qiladi.
Tarixçi olimlar orasida aslida Valentin ismli ruhoniy yaşaganmi yoki yöqmi, imperator Klavdiy uni qatl etganmi yoki yöq, agar qatl etgan bölsa, nima uçun: yoşlar orasida diniy tarğibot olib borgani uçunmi, yoxud imperatorning öz askarlariga uylanişni taqiqlab qöyganiga qaramay, yaşirin ravişda ularni nikohlab qöyiş bilan şuğullangani uçunmi, degan savollar atrofida yagona fikr va töxtam mavjud emas.
Örta asrlarda yaratilgan «Oltin afsona» nomli kitobga işonadigan bölsak, imperator bilan uçraşgandan keyin Valentin zindonga taşlanadi. Aytişlariça, şu yerda u zindon boşliğining qizi Juliyani oğir darddan xalos etadi. «Oltin afsona»ning muallifi Yakob Vorotinskiy öz asarlarida tarixni börttirib, ba'zan buzib körsatişni, hatto yolğon işlatişni yaxşi körgan. Ammo u ham öz asarida Valentin va Juliya örtasida qisqa muddatli işqiy munosabatlar bölganligi haqida yozişdan tiyiladi. Bu narsani asarga keyinçalik uni qayta köçirgan xattotlar qöşib çatişgan. Qiziq, diniy ta'limotga köra ayollar bilan yaqin munosabatda bölişi taqiqlangan ruhoniy qanday qilib, «Sevişganlar kuni» deb atalgan soxta bayramning ramziga, ilohiy timsoliga aylanib qoldi ekan-a? Uşbu bayram özlari uçun har tomonlama – ham iqtisodiy, ham mafkuraviy jihatdan foydali bölgan kimsa va kuçlar uçun göyoki sevişganlar tarafini olib johil imperatorga qarşi boş kötargan ruhoniy timsoli juda kerak va ular uşbu nuqtai nazarni zör berib himoya qilişadi, turli vositalar bilan tarğib etişadi.
Bundan bir neça asrlar avval sevgi izhorlarini oşiq va ma'şuqalarning özlari bitişgan. Poligrafiya sanoatining rivojlanişi tufayli minglab, millionlab nusxada turli şakl va körinişdagi, har xil izhorlar bitilgan otkritkalar çop etila boşlandi. Xususan, 1847 yilda Ester Xaulen ismli ayol inglizça namunalari asosida ana şunday otkritkalar çop etişni yölga qöyadi va tez orada boyib ketadi. Bugungi yoşlar «valentinka» deb ataydigan otkritkalar öşa paytda Xaulenlar oilasiga yiliga 100 ming dollar atrofida daromad keltirardi.
19-asrda AQŞda «valentinka»larning ommalaşuvi har qanday bayramning tijorat, pul topiş asosiga qurilişiga turtki berdi.
Bugunga kelib, har yili 14 fevral kuni dunyo böyiça 1 milliard donadan ortiq «valentinka» sotiladi. Ana şu otkritkalarning 85 foizini hissiyotlarga beriluvçan ayollar va yoşlar sotib olişar ekan.
Tarixga nazar solsak, 14 fevral aynan «Sevişganlar kuni» sifatida ğarb mamlakatlarida nisbatan kam qamrovli tarzda bölsada, 14 asrda nişonlana boşlangan bölsa, 19-asrning örtalaridan AQŞ va Angliyada Rojdestvodan keyingi yirik bayramga aylanib qoldi. Uşbu razolat bayrami xuddi ölat misol aynan manaşu hududdan dunyoning barça qit'alariga tarqaldi. 1969 yilda katolik çerkovi Valentinni dinga va avliyolarga mutlaqo aloqasiz deb topib, bu kunni avliyo Kirill va Mefodiylar kuni deb e'lon qildi. Ammo endi keç bölgandi…
Bu kunni qanday bölmasin pul topib boyiş asosiy maqsadlari bölgan tujjorlar, jumladan, yirik qandolat işlab çiqaruvçilar öz mahsulotlari, ya'ni şokoladlari savdosini yuriştiriş uçun ommalaştirganlar degan fikr ham yöq emas.
Biz esa bu safga otkritka işlab çiqaruvçilarni ham qöşgan bölardik. Isbot kerakmi, marhamat. «Forbs» jurnalining yozişiça, dunyoning otkritka çop etuvçi eng yirik kompaniyalaridan biri «Xolmark» 2007 yilda, ta'bir joiz bölsa, insoniy tuyğularni otkritkalarga joylab sotiş orqali 4 milliard 400 million dollar işlab olgan. Afsuski, ötgan yillar davomida bu mablağ köpaysa köpayganki, aslo kamaymagani aniq.
Bizning buyuk alloma bobolarimiz dunyo ilm fani, madaniyati, tibbiyoti rivojida ulkan burilişlarni boşlab bergan kaşfiyotlar bilan band bölgan davrda hali mudroq uyquda yotgan ğarb bugun bizga qanday yaşaşni, qanday sevişni örgatmoqçi bölayapti. Ayrim ma'naviy qaşşoq, loqayd, befarq yurtdoşlarimiz bilib bilmay ularning tegirmoniga suv quyişmoqda. LOQAYDlik sözining ma'nosi qayd etmaslik, e'tibor bermaslik, daxldorlikni his etmaslikdir. Befarqlik esa «Menga nima» deb, özini çetga oliş. Bu illatlar milliy taraqqiyotimizga zarar yetkazadi. Taşqi ğoyaviy ta'sir içki ma'naviy loqaydlik, zaiflik bor joyda ildiz otadi. Befarqlik avomni tarbiyalaydi va atrofga ham şu nuqtai-nazarda munosabatda böladi. Bu illatlar faollikning kuşandasi. Insonda didsizlik sayozlik bilan çiqişadigan holat. Öziga yuksak talab qöya olmaslik, ruhan tuşkunlik va hafsalasizlik, ma'naviy qaşşoqlik, loqaydlik va befarqlik jamiyatning poydevoriga zarar yetkazuvçi xatarlarning, «Sevişganlar kuni»ga öxşagan razolat bayramlarining ildiz otişiga zamin hozirlaydi.
Şu bois, ogoh böling, aziz yurtdoşlar!
Darmon Ibragimov











