Janubiy Koreya prokuraturasi 13 fevralda Samsung korporatsiyasi raisi örinbosari, aslida esa deyarli uning rahbari hisoblangan Li Çje Yonni mamlakat prezidenti Pak Kin Xening impiçmentiga olib kelgan yirik korruptsion mojaro sababli poraxörlikda ayblov bilan söroq qildi.
"Ryonxap" axborot agentligining ma'lum qilişiça, Li Çje Yon mojaroni tergov qilayotgan tergovçilarga rost körsatmalar berişga va'da bergan. Söroqqa, şuningdek, Samsung Electronics’ning boşqa rahbarlari ham çaqirtirilganlar.
Li Çje Yon avvalroq 12 yanvarda söroq qilingandi va prokuratura uni poraxörlik, talon-tarojlik va yolğon körsatmalar berişda ayblovlar böyiça hibsga olişga ruxsat söragan. Biroq sud bunga ruxsat bermagan.
Janubiy Koreyada korruptsion mojaro matbuotda mamlakatning yirik korporatsiyalari, jumladan Samsung sobiq prezidentning dugonasi Tsoy Sun Silning jamğarmalariga yirik mablağlar kiritiş evaziga hukumatning imtiyozlarini olganliklari haqida ma'lumot paydo bölgandan keyin avj olgan. Tsoy Sun Sil heç qanday davlat lavozimlarini egallamay turib, prezident ma'muriyati işlariga aralaşib kelgan va yuqorida aloqalarga egalidigan foydalanib, foyda körgan.
Tergovçilar Li Çje Yonni u Tsoy Sun Silga 36,3 mln dollarni pora sifatida berganlikda yoki taklif qilganlikda gumon qilmoqdalar. Li Çje Yon pora evaziga ikkita şö'ba korxona birlaşişiga mamlakatning pensiya suğurtalaşi davlat jamğarmasi tomonidan qöllab-quvvatlov olmoqçi bölgan. Ta'kidlanişiça, bu bitim Samsung Electronics boşqaruvining kompaniya raisi, hozirda şifoxonada bölgan Li Gin Xidan uning yolğiz öğli Li Çje Yonga "silliq" ötişida hal qiluvçi bitim bölgan.












