Milliarder bölişni kim ham xohlamaydi, deysiz? Albatta, orzuga ayb yöq, ammo niyatga yetiş uçun jiddiy ter tökişga töğri keladi. Trendymen naşri bu borada işni osonlaştiriş uçun, agar hal qilinsa, boy-badavlat böliş va obro‘ keltirişi aniq bölgan 10ta muammoni yodga olgan. 

Energiyani simsiz uzatişning yeçimi. Qurilmalar tobora kiçiklaşib bormoqdaki, batareyalar hajmi jiddiy muammoga aylangan. Albatta, akkumulyator ölçamini istagança kiçraytiriş mumkin. Ammo, batareyalardan umuman voz keçiş va elektr tokini simsiz uzatişga nima deysiz? Hozirda, induksiyali quvvatlaş qurilmalari mavjud. Ammo, bu texnologiyalar boşlanğiç davrida deyiş xato bölmaydi. Şu boisdan ham, Nikola Tesla ixtirolari tinçlik bermayotgan bölsa, işga kirişing. 

Hamma yerda internet. Internet turmuş tarzimizga qançalik kirib kelmasin, dunyoda ijtimoiy tarmoq bir yoqda tursin, telefon kirib bormagan joylar köplab topiladi. Ayni vaqtda bu muammo bilan Google kabi korporatsiyalar şuğullanmoqda. Loyiha Project Loon deb nomlanadi hamda havo şarlarini nazarda tutadi. Loyihaga köra, routerlar bilan jihozlangan şarlar stratosferadan butun dunyoni internet bilan ta'minlaş imkonini beradi. 

Arzon quyoş energiyasi. Nazarimizda quyoş energiyasi tekindek. Biroq quyoş nurlarini yiğuvçi fotogalvanik elementlar arzon turmaydi. Butun dunyoda ayni uslubda işlaydigan, lekin arzon turadigan material ustida boş qotirişmoqda. Quyoş energiyasini işlab çiqişda mazkur muammo hal etilsa, yaxşigina pul işlasa böladi. 

Toza kömir. Uglerodni suyuq yoqilğiga aylantiriş masalasi millionlab yillar mobaynida hal etilgan masala bölsa-da, olimlar toza kömir oliş masalasini hal eta olmayapti. Toşkömirni örnini bosuvçi sun'iy kömir asr kaşfiyoti bölişi şubhasiz. 

Arzon xalqaro tölovlar. Dunyoda köplab tölov tizimlari mavjud. Ular kam haq evaziga xizmatni taklif etadi, ammo ularning barçasi banklar bilan birga işlaşga majbur. Çet elga pul ötkaziş ham pul turadi. Töğri, bank haqiga aloqasi bölmagan Bitcoin ham bor, lekin u köplab davlat işonçini qozona olmadi.